“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 05:50
ЎЗO‘Z

Mantiqsizlik haqida: abituriyentlar maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilishi kerak?

08 iyun, 15:12 2 447 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mantiqsizlik haqida: abituriyentlar maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilishi kerak? Foto: «O‘zA»
Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bo‘lganda, chet tilidan eng maksimal ball beriladi va abituriyent chet tilidan test ishlamaydi:
ingliz tili uchun — IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, CAE FCE hamda milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;
yapon tili uchun —JLPT №2 yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;
nemis tili uchun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;
fransuz tili uchun — DELF, TCF4 yoki yoki milliy sertifikat bo‘yicha B2 va undan yuqori daraja;
boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha V2 va undan yuqori daraja.
XULOSA: bu degani joriy yilda faqat B2 darajadagi sertifikati borlargina testdan ozod qilinib, maksimal ball tarzidagi imtiyozga ega bo‘ladi. O‘tgan yildagidek B1 darajaga imtiyoz berilmaydi!

Faqat birgina istisno, 2019 yil 1 yanvarga qadar B1 milliy sertifikat olgan abituriyentlar, sertifikatning amal qilish muddati o‘tmagan bo‘lsa, B1 daraja bilan ham maksimal ball olishadi. Bu qoida faqat DTM bergan sertifikatlarga taalluqli, IELTS yoki boshqa tizimlarga aloqasi yo‘q.
***
SHAXSIY FIKRIM: o‘tgan yili ham ushbu qaror qabul qilinganda o‘z e’tirozlarimni aytgan edim. Ya’ni bakalavr uchun imtiyoz berish darajasini B2 ga ko‘tarib qo‘yish mantiqsiz ish bo‘lgan.

Birinchidan, B2 daraja hatto ko‘plab chet tili o‘qituvchilarining o‘zida yo‘q.
Maktablarda chet tilini o‘qitish darajasini hammamiz yaxshi bilamiz, bu hech kimga sir emas. Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida B1-CEFR darajasida ingliz tilini o‘zlashtirgan maktab bitiruvchilari sonini 2019 yilda 10%, 2021 yilda 20%, 2025 yilda 50% va 2030 yilga boribgina 100%ga chiqarish reja qilingan. Bu hali B1 daraja haqidagi reja. B2 ga yo‘l bo‘lsin.

Shunday sharoitda abituriyentlardan imtiyoz uchun B2 daraja talab qilish qay darajada to‘g‘ri?

Ikkinchidan, 395-sonli VM qaroriga ko‘ra, magistratura imtihonlarida ham B2 daraja bo‘lsa imtihonlarsiz maksimal ball beriladi. Endi oddiy mantiqni ishga solingda, ayting, nima uchun bakalavrga ham, magistraturaga ham bir xil bilim talab qilinyapti? Qani mantiq?

Uchinchidan, qarorga ko‘ra xorijiy tillarga ixtisoslashgan yo‘nalishlarga (masalan ingliz tili filologiyasi) ham, tilga ixtisoslashmagan yo‘nalishlarga (masalan pensiya ishi yoki statistika) ham B2 daraja talab qilinadi. Qani mantiq?

Xorijiy tillarga ixtisoslashgan yo‘nalishlar uchun B2 darajani saqlab qolgan holda, qolgan barcha yo‘nalishlarga B1 daraja uchun ham imtiyoz berish kerak.

To‘rtinchidan, o‘tgan safar ham aytganimdek, B2 daraja yoshlar o‘rtasida chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini keskin o‘ldiradi. Chunki B1 daraja talabi birmuncha uddalash oson bo‘lgani sababli minglab yoshlarimiz shu bahona yoppasiga xorijiy tillarni o‘rganishga urg‘u berayotgan edi. Bu esa jamiyat kelajagi uchun juda muhim faktor.

Lekin B2 daraja ko‘pchilikning hafsalasini pir qiladi va ular tinchgina sertifikatga emas DTM testiga tayyorlanib qo‘ya qoladi. Ammo testda eshitish, gapirish, yozish ko‘nikmalari shart emas, shuning uchun yoshlar faqat testga tayyorlanadi xolos. Boshqacha aytganda tilni chala o‘rganadi yoki umuman o‘rganmasdan testda tavakkal belgilab chiqadi. Bundan kimga foyda? Undan ko‘ra, sertifikatlar uchun yengilroq talab qo‘yib, yoshlarni xorijiy tillarga qiziqtirgan yaxshi emasmi?

Xullas, ko‘rib turganingizdek, ushbu qarorda mantiqsizliklar ko‘p. Shaxsiy fikrimcha, toki xalq ta’limidagi sifat talab darajasiga yetguncha, bunday baland talablarni qo‘ymaslik kerak.

Shu kunlarda qabul jarayonlariga oid ko‘plab qarorlar o‘zgarishi kutilmoqda, balki shu fursatdan foydalanib, ushbu mantiqsizlikka ham chek qo‘yilsa yaxshi bo‘larmidi? Nima dedingiz?

Xushnudbek Xudoyberdiyev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 526
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 75
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 67
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 349
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 86
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 44
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 23
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 103
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 100
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 149
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 65
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 203
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 220
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 285
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 160
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 106
  • Bo‘limlar