“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:31
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 7 iyun kuni 237 kishida koronavirus aniqlandi. Bu rekord

08 iyun, 00:42 4 407 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 7 iyun kuni 237 kishida koronavirus aniqlandi. Bu rekord O‘zbekistonda 6 iyun soat 23:00 dan 7 iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 237 ta holat qayd etildi.

Yangi kasallanish holatlari
Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 237 nafar bemorning
- 20 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 195 nafari Toshkent shahrida;
- 10 nafari Toshkent viloyatida;
- 8 nafari Xorazm viloyatida;
- 4 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.

7 iyunda bir kunda aniqlangan yangi kasallar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. 15 martdan buyon shu vaqtgacha kunlik kasallar soni 200 kishiga ham yetmagandi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallanish holatlari bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 14 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 167 kishida kasallik tasdiqlangan edi. Kasallanganlar soni so‘nggi bor 26 may kuni 100 kishidan oshgan edi — o‘shanda butun kun davomida 101 kishida koronavirus aniqlangan.

Hozirda kasallanganlar soni 4331 kishiga yetdi. 7 iyundagi yangi holatlardan so‘ng umumiy kasallanganlar soni 5 foizdan ko‘proqqa ortdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi 195 ta kasallanish holatining 185 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasida, 10 tasi aholi orasida qayd etilganini ma’lum qildi. 7 iyungacha nafaqat Toshkent shahrida, balki butun O‘zbekistonda bir sutkada bunchalik ko‘p koronavirusga chalinish holati aniqlanmagandi. O‘zbekiston bo‘yicha qayd etilgan koronavirus holatlarining 51 foizi — 4331 tadan 2219 tasi aynan Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri keladi. Shunday bo‘lsa-da, Toshkent shahri hamon «sariq» hudud bo‘lib turibdi va 8 iyundan boshlab «Toshshahartransxizmat» tarkibiga kiruvchi avtokorxonalar tomonidan 131 ta yo‘nalishga 1067 ta turli rusumdagi avtobus ishga chiqariladi.

Koronavirusdan sog‘ayish holatlari
7 iyun davomida 86 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 73 nafari Toshkent shahridagi, 8 nafari Buxoro viloyatidagi, 4 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 1 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalaridan sog‘ayib chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida, Jizzax, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Qoraqalpog‘iston (3 nafar bemor), Andijon (4 nafar bemor) va Qashqadaryo (5 nafar bemor) koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi.

Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi bemorlar esa Toshkent shahrida davolanmoqda. Eng ko‘p bemor hozir aynan Toshkent shahrida (742 kishi) bo‘lib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4331 nafar bemordan 3354 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda. Ikki kun avval davolanish ko‘rsatkichi 81 foiz edi.

Ahvoli og‘ir bemorlar
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 960 nafar bemordan 6 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. SSVning 7 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra bergan axborotida ahvoli og‘ir bemorlar 11, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar 3 nafarni tashkil etayotgani xabar qilingandi. Bir sutka ichida ahvoli og‘ir bemorlar soni 4 nafarga, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 1 nafarga kamaydi.

15 martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 17 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Koronavirusdan vafot etgan oxirgi ikki bemorda o‘limidan bir kun oldin infeksiya aniqlangandi.

Karantindagilar
Shu kungacha jami 441 618 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 396 349 nafari karantindan chiqarilgan. Bir kun ichida karantinga olinganlar soni 3016 nafarga, karantindan chiqarilganlar 2039 nafarga ko‘paydi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 23 362 nafar, statsionar karantinda esa 21 907 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 0
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 0
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 1
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 2
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 57
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 266
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Bo‘limlar