“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 20:47
ЎЗO‘Z

Turli sabablarga ko‘ra bir-birini yoqtirmaydigan Bollivud aktrisalari (foto)

06 iyun, 23:30 6 946 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turli sabablarga ko‘ra bir-birini yoqtirmaydigan Bollivud aktrisalari (foto) Mashhurlar ham oddiy odam. Ular ham boshqalar kabi qiziqqonlik qilishi, tortishishi va dushman bo‘lishi tabiiy. Quyida bir-birini unchalik xush ko‘rmaydigan hind aktrisalari haqida so‘z yuritamiz.

Rekha va Raya Bachchan

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisalarning bir-birini yoqtirmasligiga Amitabh Bachchan sababchi. Gap shundaki, Amitabh Bachchan Rekha bilan ham, rafiqasi Raya bilan ham birga filmlarda suratga tushgan. Lekin turmush o‘rtog‘idan ko‘ra Rekha bilan ijro qilgan rollari muvaffaqiyatli chiqqan va matbuotda ham Raya qolib, Rekha va Amitabh juftligi maqtovlarga sazovor bo‘lgan. O‘sha vaqtlar aktyorning o‘zi biror marta tan olmasa ham u va Rekha ishqiy munosabatda ekanliklari haqida mish-mishlar tarqalgan. Rekha xonim bu gap-so‘zlarni rad qilmagan. Qaytanga, o‘zini bir gap bordek tutgan. Yuqorida ta’kidlangan mantiqiy sabab aktrisalar o‘rtasidagi sovuqlikni keltirib chiqargan.

Sonam Kapur va Dipika Padukone

Foto: «Yandeks Dzen»
Ushbu ikki aktrisaning bir-birini ko‘rarga ko‘zi yo‘qligining sababi ham klassik. Ikkovi ham Bollivudga 2007 yilda qadam qo‘ygan. Dipika «Om shanti Om» filmida rol o‘ynagan bo‘lsa, Sonam «Ma’shuqa» filmida Ranbir Kapur bilan debyut rolini ijro qilgan. Suratga olish jarayonida Sonam bilan uchrashgan Ranbir «Ehtiyot bo‘ling go‘zallar» filmidan keyin Dipika bilan ishqiy munosabatda ekani va Sonam bilan hammasiga nuqta qo‘yganini ma’lum qilgan. Shundan keyin aktrisalar o‘rtasida konflikt paydo bo‘lgan. Biroq, Ranbir va Padukone munosabatlari ham uzoqqa bormagan. Ko‘ngli keng aktyor ularning ikkisini ham tashlab Katrina Kaif, ko‘p o‘tmay esa Aliya Bxatt bilan uchrashishni boshlagan.

Ayshvariya Ray va Rani Mukerji

Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivudning mazkur taniqli aktrisalari o‘rtasida konflikt paydo bo‘lishi nafaqat shaxsiy hayot, balki karera bilan ham bog‘liq. Bir vaqtlar qalin bo‘lgan dugonalar o‘rtasidagi munosabatlarning darz ketishiga «Yo‘l-yo‘lakay» filmida Ayshvariya ijro qilishi kerak bo‘lgan rolning Rani Mukerjiga berilishi sabab bo‘lgan. Unga atalgan rolni tortib olgandek his qilgan Ayshvariya Ranidan buni kutmaganini bildirgan. Konflikt Ayshvariyaning Abxishek Bachchanga turmushga chiqishga qaror qilganidan keyin yanada avj olgan. Gap shundaki, bir vaqtlar Rani va Abxishek o‘rtasida munosabatlar borligi haqida mish-mishlar bo‘lgan.

Karina Kapur va Bipasha Basu

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisalar o‘rtasidagi sovuqlik «Ajnabiy» filmining suratga olish ishlari vaqtida boshlangan. Dizayner Vikram Fadninsning libosi ustida tortishib qolgan aktrisalar film yakuniga qadar ham kelisha olmagan. Mazkur film karerasida debyut bo‘lgan Basu boshqa Karina bilan suratga tushmasligini bildirgan. Bunga javoban esa Karina Bipashani o‘z iste’dodiga shubhasi borligi sabab suratga olish maydonchasidagi konfliktni tarqatib, o‘ziga e’tibor qaratayotganini bildirgan. Shuningdek, Karina uni haqoratlaganini ovoza qilgan Bipashaning bu gaplari uning tasavvur mahsulidan boshqa hech narsa emasligini qo‘​shimcha qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 136
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 86
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 120
  • Kutilmagan yakun bilan tugaydigan 7 ta film 09 apr, 17:43 160
  • Turk aktyorlari hayotidagi yangiliklar (foto) 08 apr, 11:44 240
  • Siz bilgan mashhur Jeki Chan bugun 70 yoshga to‘ldi! (video) 07 apr, 22:14 193
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 2
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 26
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 38
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 29
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 144
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 20
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 104
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 46
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 33
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 344
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 77
  • Bo‘limlar