“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 14:28
ЎЗO‘Z

Sobiq razvedkachi koronavirus tarqalishi haqida shov-shuvli bayonot berdi

06 iyun, 20:55 5 950 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sobiq razvedkachi koronavirus tarqalishi haqida shov-shuvli bayonot berdi Richard Dirlav.
Britaniya maxfiy razvedka xizmatining sobiq rahbari Richard Dirlavning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 koronavirusi Uxandagi laboratoriyada yaratilgan va keyinchalik beixtiyor tashqariga chiqarib yuborilgan. Xitoy esa, uning fikricha, o‘z qilmishi uchun dunyoga javob berishi kerak. Bu haqda sobiq razvedka xodimi The Telegraph nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Dirlav London universitetining professori Angus Dalglish va norvegiyalik virusolog Birger Sorensen tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ishora qilgan. Olimlarning maqolasida sun’iy qo‘shimchalar SARS-CoV-2 koronavirusining umurtqa pog‘onasida joylashgan, bu uning inson hujayralari bilan yuqori darajada bog‘lanishni ta’minlaydi.

Olimlar yangi koronavirusni «Uxan virusi» deb nomlash to‘g‘riroq bo‘lishini ta’kidlashgan, chunki katta ehtimol bilan ko‘rshapalaklarga sinash paytida «SARS-CoV-2 virusi yaratilganiga shubha yo‘q», degan xulosaga keladi ular.

«Menimcha, baxtsiz hodisa ro‘y berdi», deydi Dirlav laboratoriyada virus tarqalishining sabablarini muhokama qilar ekan. Biroq, razvedka xodimi Xitoy falokat uchun javobgarlikka tortilishi va dunyoga yetkazilgan zararni qoplashi kerakligiga ishonadi.

E’tiborli tomonini, Britaniya maxfiy razvedka xizmatining sobiq rahbari tayanayotgan maqola bir necha bor qayta yozilgan, chunki u noxolis deb tan olingan. Nufuzli Nature va Journal of Virology ilmiy jurnallari maqolani «nashr etish uchun yaroqsiz» deb tan oldi. Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblovlarni o‘z ichiga olgan maqolaning muhim qismi o‘chirilgandan so‘ng, material Stanford va Dandi universitetlari tomonidan tahrirlanadigan Biofizika kashfiyotlarining choraklik sharhida chop qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 0
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 4
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 148
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 3
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 10
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 39
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 17
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 311
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 148
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 33
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 15
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 85
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 19
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 40
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 342
  • Bo‘limlar