Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. Qayd etilishicha, prezident aholi hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishadi.
Safar davomida to‘qimachilik, hunarmandchilik, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi korxonalari borib ko‘riladi, bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechiriladi.