“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 13:38
ЎЗO‘Z

La Liga boshlanishiga bir hafta qoldi. Bizni nimalar kutmoqda?

05 iyun, 09:06 1 910 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
La Liga boshlanishiga bir hafta qoldi. Bizni nimalar kutmoqda? Foto: Getty Images
Uch kun oldin La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya chempionati davom ettiriladigan sanani rasman ma’lum qildi - 11 iyun. Orqasidan, navbatdagi ikki turning taqvimi ham muxlislarga havola qilindi.

1 iyundan esa, Primero va Segundaning barcha jamoalari 82 kunlik tanaffusdan so‘ng, birinchi marta umumiy guruhdagi mashg‘ulotlarni boshlashdi. Ungacha futbolchilar alohida yoki kichik guruhlarda shug‘ullanishayotgan edi. Ispaniyada futbol muxlislari kun sanayotgan bir paytda, turnirda bizni nimalar kutayotgani haqida mulohaza yuritamiz.

O‘yinlar Andalusiya derbisi bilan boshlanishi ham o‘ziga yarasha e’tiborni jalb qilishi tabiiy. Shuningdek, ertasi kuni muxlislar «Mestalya»dan Valensiya derbisini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishadi. Keling avval, rasman e’lon qilingan turlar taqvimi bilan tanishing:

11 iyun. SЕVILYA - BЕTIS
12 iyun. GRANADA - XЕTAFЕ, VALЕNSIYA - LЕVANTЕ
13 iyun. ESPANOL - ALAVЕS, SЕLTA - VILRЕAL, LЕGANЕS - VЕLYADOLID, MALORKA - BARSЕLONA
14 iyun. ATLЕTIK - ATLЕTIKO, RЕAL M - EYBAR, SOSЕDAD - OSASUNA
15 iyun. LЕVANTЕ - SЕVILYA, BЕTIS - GRANADA
16 iyun. XЕTAFЕ - ESPANOL, VILYARЕAL - MALORKA, BARSЕLONA - LЕGANЕS
17 iyun. EYBAR - ATLЕTIK, VALYADOLID - SЕLTA, OSASUNA - ATLЕTIKO
18 iyun. ALAVЕS - SOSЕDAD, RЕAL - VALЕNSIYA

O‘yinlar har kuni bo‘lib o‘tadi
Ispaniya chempionatida yangi mavsum 12 sentabrda boshlanadi, shuning uchun, joriy mavsumni yakunlash uchun vaqt u qadar ko‘p emas.

Ispaniya federatsiyasi va La Liga anchadan beri, turnir o‘yinlarini juma va dushanba kunlari ham qo‘yish haqida bahslashib kelardi. Federatsiya bunga qarshi - dam olish kunlarida muxlislarning stadionga borishi qiyinlashib ketadi. La Liga uchun esa, o‘yinlar o‘tkaziladigan kunlarning ko‘payish foydali - chet davlatlarga translyatsiyalardan pul keladi.

Bu bahsda sud orqali federatsiya g‘alaba qozongandi, lekin bugungi sharoitda, bu masala ko‘tarilmadi, aksincha, har kuni o‘ynash ham mumkin. Axir baribir stadionga muxlislar kelmaydi. 11 iyundan boshlab, o‘yinlar har kuni bo‘lib o‘tadi va o‘rtacha, bir kunga 2-3 uchrashuv to‘g‘ri keladi. Deyarli hamma o‘yinlar kechroq vaqtga qo‘yilgan va eng vaqtli o‘yinlar bizning vaqt bilan 22:30da boshlanadi. Tushlik paytida Ispaniyada ham issiq bo‘lgani uchun o‘ynashning iloji yo‘q.

Faqatgina 13-14 iyun kunlarida ikki o‘yin: «Alaves» - «Espanol» va «Atletik» - «Atletiko» o‘yinlari 16:00da, mahalliy vaqt bilan tushlikda boshlanadi. Aytishlaricha, o‘sha kunlari havo birmuncha salqin bo‘larkan. Agar sinoptiklarning taxmini o‘zini oqlamasa, bu o‘yinlar 4 soat keyinga surilishi ko‘zda tutilgan.

Muxlislardan oldin, ularning ovozi stadionga yetib boradi.

Xuddi Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi. Ispaniyada ham tomoshabinlar stadionga kiritilmaydi. Stadionlar muxlislar bilan to‘lishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va sentabr oyidan 30 foizga ruxsat berish rejalashtirilmoqda. Yanvar oyiga borib esa, stadionlar to‘liq ochilishi mumkin.

Tebas shuningdek, muxlislarni qiziqarli aksiyaga taklif qildi va olqishlar yozilgan ovozlarni Ligaga yuborishlarini so‘radi. Har bir o‘yinning 20-daqiqalariga kelib, stadionlarda barcha muxlislarning olqishlari ovozlari montajlangan holda, futbolchilarga eshittirib borilar ekan.

Agar muxlislarning stadionga kirishi shunchaki, ramziy ma’no kasb etsa, tomoshabinlar qatorida futbolchilar endi ko‘proq bo‘ladi, zero Liga jamoalarga har bir o‘yinda beshtadan futbolchi almashtirishga ruxsat berdi. Issiq bilan kurashda va jamoalarning sport formasi ko‘ngildagidek bo‘lmaganda, bu imkoniyat ham ancha yordam beradi.

«Menimcha, besh o‘zgarish - juda muhim, agar jamoalar har uch kunda to‘p surishlarini e’tiborga olsak. So‘nggi oylar juda qiyin kechdi, ayniqsa, kvartira ichida shug‘ullanish oson bo‘lmadi», deydi «Vilyareal» yarimhimoyachisi Santi Kasorla.

«Real» va «Barselona» o‘rtasida yana bir bahona
«Barselona» bugungi kunda zaxira o‘rindig‘i sifati bilan maqtana olmaydi, ammo bu ularing o‘z muammosi. Lekin tiklanish uchun ketadigan vaqt yetishmasligi yaxshi mavzu va bu haqida hali ispan matbuoti bong ursa kerak.

«Barselona» ilk o‘yini uchun 13 iyun kuni Malorkaga boradi. Keyingi o‘yin «Leganes»ga qarshi uch uchrashuvi roppa-rosa 72 soatdan keyin bo‘ladi. «Real» esa, avval yakshanba kuni, keyingi o‘yinni esa payshanbada o‘tkazadi va dam olish uchun 98 soatga ega bo‘ladi. Har ikki o‘yin ham «Santyago Bernabeu»da.

YECHLsiz qolishiga bir baxya qolgan «Atletiko» bronza olishi mumkin
Turnirda uchinchi va yettinchi o‘rinlar orasini atigi 5 ochko ajratib turibdi, shuning uchun yevrokuboklar uchun kurash hazilakam kechmasligi tayin. Hammadan ham «Atletiko» va «Xetafe» sevinishi kerak, chunki agar ispanlar ham Fransiya kabi chempionatni erta yakunlab qo‘yishganda, bu jamoalar Chempionlar Ligasisiz qolishardi.

«Atletiko» hozirda beshinchi o‘rinda boryapti, ammo tarkib va mahorat jihatidan raqobatchilaridan kuchliroq ekani sir emas. To‘g‘ri, tanaffus paytida Joau Felish jarohat oldi va kamida 14 va 17 iyunda bo‘ladigan turlarda maydonga tusha olmaydi.

«Xetafe» umuman qiziq holatda qolib ketishi mumkin edi. Chempionat to‘xtatilganda ular «Sosedad» bilan bir xil - 46tadan ochko to‘plagandi. Ispaniyada bunday holatda o‘zaro o‘yinlarga qaraladi, lekin buning uchun avvalo, jamoalar har ikki o‘yinni ham o‘tkazib bo‘lishlari kerak. «Sosedad» va «Xetafe» hozircha faqat bir marta San-Sebastyanda kuch sinashishgan va madridliklar g‘alaba qozonishgan. Ammo to‘plar nisbati bo‘yicha «Real Sosedad» oldinda turgandi. Endi bu masala ko‘rilmaydi, zero bu jamoalar hali Madridda orani ochiq qilishadi.

Quyida nima gap?
La Liganing asosiy intrigalaridan biri - «Espanol» o‘zini qutqara oladimi? Kataloniyaliklar turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasidan joy olishgan va 17-o‘rindagi xavfsiz zonadan 6 ochkoga ortda qolgan. «Espanol»ning xitoylik investorlari qishda jamoani kuchaytirish uchun 40 million yevro sarfladi. Raul de Tomas, Adrian Embarbu kabi hujumchilar, himoyachi Leandro Kabreru va darvozabon Oyer Olasabal sotib olindi, lekin karantin sabab, jamoa bu kuchayishlarni amalda namoyish qila olmagandi.

Shuningdek, «Selta» klubi ham turnir jadvalida ancha xavfli 17-o‘rinda joylashgan. Viguliklarning 2-turda 15 o‘rindagi «Valyadolid»ga qarshi o‘yinlari ham ancha qiziqarli kechishi tabiiy.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 5
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 107
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 197
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 0
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 1
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 5
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 107
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 94
  • Bo‘limlar