“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:08
ЎЗO‘Z

Sodiq Safoyev Qirg‘iziston parlamenti spikeri bilan videomuloqot qildi

05 iyun, 08:00 1 974 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sodiq Safoyev Qirg‘iziston parlamenti spikeri bilan videomuloqot qildi Foto: Oliy Majlis Senati Axborot xizmati
4 iyun kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qirg‘iziston parlamentlararo hamkorlik komissiyasi hamraisi Sodiq Safoyev va Qirg‘iziston Jokorku Keneshi Torag‘asi o‘rinbosari (spikeri), ushbu Parlamentlararo komissiya hamraisi M.Bakirov o‘rtasida videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda ikki tomonlama parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish haqida fikr almashildi, deyiladi Oliy Majlis Senati Axborot xizmati xabarida.

«Bundan tashqari, ikki mamlakat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan siyosat va O‘zbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyevning shaxsiy sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama hamkorlik sifat nuqtayi nazardan yangi pog‘onaga ko‘tarilgani qayd etildi. Erishilgan hamkorlikning yangi darajasi, ayniqsa, pandemiya sharoitida o‘zaro ko‘rsatilgan yordam tufayli yaqqol namoyon bo‘lgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, ikki davlat chegarasida yuz bergan so‘nggi voqealar jiddiy xavotir uyg‘otayotgani to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Bu vaziyatda parlament a’zolari chetda turmasligi lozimligi qayd etildi. Ular hukumat va hokimiyatning mahalliy vakillik organlari bilan birgalikda bu borada har tomonlama ko‘maklashish, chegaradosh tumanlarda barqaror holatni mustahkamlash yuzasidan faol ish olib borishi lozim.

Shu munosabat bilan tez orada Parlamentlararo hamkorlik komissiyasining navbatdagi majlisini o‘tkazish taklif etildi.

O‘z navbatida, Qirg‘iziston parlamenti spikeri o‘rinbosari, Parlamentlararo hamkorlik komissiyasi hamraisi M.Bakirov ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi jihatlarini yuksak baholashi va qadrlashini ta’kidladi. «Yangi ahamiyat kasb etgan hamkorligimizni ko‘z qorachig‘imizdek asrashimiz kerak», dedi u.

Bundan tashqari, M.Bakirov ro‘y bergan voqea xususida parlament diplomatiyasi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari resursidan foydalanish muhimligini qo‘llab-quvvatladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston parlamentlararo muloqot ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Suhbat yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi», – deyiladi rasmiy press-relizda.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi. Buloq ariqlarini birgalikda tozalash vaqtida yuzaga kelgan janjal oqibatida so‘xliklardan 187 kishi jarohat oldi.

1 iyun kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston bosh vazirlari Abdulla Aripov va Qubatbek Boronov Botken viloyatida uchrashuv o‘tkazdi. Shundan so‘ng O‘zbekiston hukumati rahbari So‘x tumani aholisi bilan muloqot qildi.

2 iyunda Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning bir guruhi aholi muammolarini hal etish uchun So‘xga yetib bordi. 3 iyun kungi videoselektorda masalaga prezident Shavkat Mirziyoyev munosabat bildirib, chegaradosh hududlardagi vaziyat nazoratini Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga yukladi.

4 iyunda So‘x tumanini obod qilish uchun 1 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi ma’lum bo‘ldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 63
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 92
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 554
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 519
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar