“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 22:00
ЎЗO‘Z

Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi 300 o‘zbekistonlik bo‘yicha maxsus komissiya qarori qabul qilinadi

05 iyun, 06:00 2 460 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya va Qozog‘iston chegarasidagi 300 o‘zbekistonlik bo‘yicha maxsus komissiya qarori qabul qilinadi Foto: Telegram
O‘zbekistonning Rossiya va Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik musassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya—Qozog‘iston chegarasi «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi to‘plangan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur masala O‘zbekistonning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yuborgan. Maxsus komissiya qarori to‘g‘risida alohida ma’lumot beriladi.

TIV tomonidan ma’lum qilinishicha, faqat 25 maydan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 8 ta charter reysi tashkillashtirilgan. Hozirgi paytda maxsus komissiya tomonidan Rossiyaning turli hududlaridan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun qo‘shmcha charter reyslarni amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligi Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolardan «Mashtakovo» nazorat-o‘tkazish punkti yoki boshqa Rossiya—Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmaslikni, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishni va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilishni so‘radi. «Rossiyaning turli hududlaridagi shaharlarga charter reyslar tashkil qilish ustida ishlar davom etadi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisining o‘rinbosari Bobur Bekmurodov O‘zbekiston hukumati chegarada qolib ketgan mazkur fuqarolarni olib kelishi kerakligi haqida fikr bildirgandi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar mazkur chegara punktida 1100 nafar o‘zbekistonlik to‘plangandi va ular avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 0
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 147
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 33
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 344
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 270
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 0
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 2
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 3
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 26
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 38
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 29
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 145
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 20
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 104
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 46
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Bo‘limlar