“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:12
ЎЗO‘Z

Qirg‘iz deputatining Ӯzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga javobi

05 iyun, 00:45 7 055 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iz deputatining Ӯzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga javobi Qirg‘iz ommaviy axborot vositalarida siyosatchi Qamchibek Tashiyevning Ӯzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga javobi e’lon qilindi. Unda shunday deyiladi:

"Hurmatli xaloyiq!

2020 yil 1 iyun kuni Ӯzbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripovning Sӯx qishlog‘i aholisi bilan bӯlgan yig‘ilishda aytgan sӯziga men javob berishga qaror qildim, chunki bunga hukumatimizning javob berishga kuchi yetmaydiganga ӯxshaydi. Qirg‘izistonda davlat, yer va mulk egasi qirg‘iz eli, men esa mana shu elda yashovchi turg‘unman.

Qӯshni Ӯzbekiston Respublikasining hukumat boshlig‘i janob A.Aripov, bilib va tushunib oling:

1. "Chechme" (Chashma) qishlog‘idagi buloq Qirg‘iziston hududida joylashgan. Shu sababli biz qӯshni davlat turg‘unlariga ӯzaro kelishuv orqali buloqdan foydalanishga ruxsat bera olamiz.
2. Sӯx qishlog‘i aholisiga suv, yer yetishmasligiga ushbu hududda yashab kelayotgan aholining tezkor sur’atlarda kӯpayayotganligi sabab bӯlmoqda, ularning kӯpayayotganini inobatga olib biz suvimizni, yerimizni ularga bera olmaymiz, chunki ӯzimizga ham yetmaydi. Agar ortiqcha yeringiz bӯlsa Ӯzbekistonga kӯchirib olib keting, biz esa bir metr yerimizni ham bermaymiz!
3. Biz rӯy bergan voqea bӯyicha uzr sӯramaymiz, chunki bulog‘imizni tozalash jarayonida avval ӯzbek fuqarolari kelib (qirg‘izlarga) kuch ishlatgan, birinchi uyni ular yoqib yuborishgan va qirg‘izlarni urib, kaltaklashgan. Bizning yurtdoshlarimiz esa voqea joyiga oradan bir necha vaqt ӯtgandan keyin kelib, tӯplanib, "buzg‘unchilar"ning ta’zirini berishgan. Biz Ӯzbekiston xalqini, davlatini hurmat qilamiz hamda ӯzaro murosaga kelib yashash burchimiz!
4. Sӯx-Rishton yӯlini ochish bӯyicha hech qanday yuridik hujjatni kӯrmaganmiz. U holda nima uchun Qorasuv tumani hududida joylashgan Qirg‘izistonning Barak qishlog‘ini tӯla blokada qilib yӯq qildingizlar, Qirg‘izistondan chiqqan buloq suvini Xudo bergan suv deb aytibsiz, unda Ӯzbekistondan chiqqan gazni ham shu tariqa bizga bepul beringlar.
5. Biz o‘zbek davlati bilan Xudo qӯshgan qӯshnimiz, shu sababli hukmronlik qilish siyosati har ikki davlatga yaxshilik olib kelmaydi. Hurmat bilan Tashiyev
".

P.S. Bu har ikkala hukumatning 30 yildan beri chegara masalasini diplomatik yӯl bilan uzil-kesil hal qila olmaganliklari oqibati. Ushbu muammoni ӯz vaqtida hal qilmaslikka nima tӯsqinlik qildi? Dunyoda manaman degan global muammolar hal qilinayotgan bir chog‘da ӯzbegu qirg‘iz hukmron doira vakillarining bir necha kilometrdan iborat ӯrtadagi chegaralarni aniqlay olmagani nihoyatda g‘alati.
Yoki buning uchun ikki mustaqil davlatning hukumati shu paytgacha kimlardandir ruxsat sӯrash bilan ovora bӯlib qoldimikan? Yoxud ӯzbek-qirg‘iz chegarasini aniqlashga ӯz vaqtida "katta og‘a" yaxshi-yomon kunlarimizda kerak bӯladi", deb ruxsat bermadimikan? Ilohim, oxiri baxayr bӯlsin. Qardosh ӯzbek-qirg‘iz xalqining osoyishtaligiga, ahilligiga hech qachon darz ketmasin!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 74
  • So'nggi yangiliklar
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 0
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 69
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 24
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 197
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 110
  • Bo‘limlar