“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 20:22
ЎЗO‘Z

Prezident Sergelini Toshkent markazi bilan bog‘laydigan yangi aylanma yo‘l loyihasini borib ko‘rdi

05 iyun, 00:05 2 374 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident Sergelini Toshkent markazi bilan bog‘laydigan yangi aylanma yo‘l loyihasini borib ko‘rdi Prezident Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Toshkent shahrida yangi yo‘l va ko‘prik loyihasi bilan tanishdi.
Oxirgi uch yilda Toshkent shahrining Sergeli tumanida 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Shu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshdi.

Buning natijasida, tabiiyki, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ham ortdi. Shu bois bu yerda qo‘shimcha muhandislik ob’ektlari, tumanni shaharning markaziy qismi bilan bog‘lovchi yo‘l va ko‘priklar qurilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xususan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan qiymati 83 million dollar bo‘lgan, 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yer usti metrosi va uning «Choshtepa», «Toshkent xalqa yo‘li», «Sergeli», «Afrosiyob», «Qipchoq», «Chinor» bekatlari barpo etilmoqda.

Albatta, bu yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratadi. Lekin, shu bilan birga, avtotransport harakatini ham inobatga olish zarur.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu masalaga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. 29 may kuni Sergeli tumani faollari bilan o‘tgan uchrashuvda ham transport infratuzilmasini rivojlantirish choralari muhokama qilindi.

O‘shanda Sergeli tumanini poytaxtimiz markazi bilan bog‘lovchi yo‘l va ko‘prik loyihasi haqida ma’lumot berilgan edi. Davlatimiz rahbari bugun ushbu loyihani joyiga chiqib, atroflicha o‘rgandi.

Umumiy qiymati 280 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan mazkur loyiha Toshkent shahar hokimligi bilan Turkiyaning «Kaloyn» kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, Cho‘ponota ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishmasida 583 metrlik yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Bu chorrahadan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha yangi ko‘cha qurilib, halqa yo‘li ostidan tunnel orqali o‘tkaziladi va Qipchoq ko‘chasida qurilayotgan yangi ko‘prikka tutashadi.

Jami 5,6 kilometrlik bu yo‘l soatiga 3 mingta transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi.

Ma’lumki, hozirgi kunda Sergeli tumanidan shahar markaziga kelib-ketadigan avtomobillar asosan bitta yo‘l – Yangi Sergeli ko‘chasi orqali harakatlanadi. Shu bois unda qatnov juda ko‘p, yuklama katta. Ayniqsa, ertalab va kechga yaqin bu ko‘cha tirband bo‘lib qoladi. Ushbu yangi yo‘l va ko‘priklar qurilishi natijasida Sergeli tumaniga transport qatnovi tirbandligi 50 foizga, transport harakati vaqti 20-25 minutga kamayadi.

– Odamlarning har kunlik rejalariga, kayfiyatiga, sog‘lig‘iga ta’sir qiladigan eng katta omil - transport taqsimoti. Yo‘llar qurib, tirbandlikni kamaytirishdan maqsad shahar aholisi va mehmonlarga qulaylik yaratishdir. Bu ishlarni bugun qilmasak, yildan yilga qiyinlashib boraveradi. Bugun qilsak, kelajakda xarajat kamayadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Toshkent shahrining transport konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi.
Bu konsepsiya geoinformatsion tizim orqali shahardagi transport va yo‘lovchilar oqimini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan. Undan maqsad, avvalo, xavfsizlik, qulaylik va iqtisodiy unumdorlikdir.

Masalan, yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkillashtirish natijasida yiliga 19 million dollarlik yoqilg‘i tejalishi, 129 million dollarlik taxminiy zararning oldi olinishi hisob-kitob qilingan. Yoki avtobuslar soni va yo‘nalishlarini optimallashtirish orqali yiliga 2,5 million dollar iqtisodiy samaraga erishish mumkin.

Konsepsiyada, shuningdek, avtomatik to‘lov tizimini rivojlantirish, avtomobil to‘xtash joylari va piyodalar o‘tish yo‘laklarini ko‘paytirish kabi qator qulayliklar nazarda tutilgan.

Prezidentimiz piyodalar va velosipedlar harakatiga ko‘proq sharoit yaratish zarurligini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
– Bizning yo‘llarda transport vositalariga ko‘p ustuvorlik berilgan. Aslida piyodalar harakatini, odamlarning halovati, salomatligini birinchi o‘ringa qo‘yish kerak, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Transport konsepsiyasini Toshkent shahrining bitta tumanida aprobatsiya qilish, keyinchalik butun poytaxtimiz va boshqa shaharlarda joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli savdo kompleksi, mehmonxona va turar joy qurish bo‘yicha investitsiya loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 133
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 58
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 32
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 73
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar