“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:20
ЎЗO‘Z

Tachmurod Agamurodov «Qizilqum» bosh murabbiyiga aylandi

05 iyun, 00:30 2 158 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tachmurod Agamurodov «Qizilqum» bosh murabbiyiga aylandi Foto: «Nasaf» matbuot xizmati
Turkmanistonlik mutaxassis Tachmurod Agamurodov «Qizilqum» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
«Championat.asia»ning xabar qilishicha, Agamurodov bundan keyin navoiyliklar klubini boshqarib boradi. 67 yoshli mutaxassis «Qiziqum»da Hamidjon Aktamovning o‘rnini egalladi. Biroq bu haqda klub hali rasmiy ma’lumot bergani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Tachmurod Agamurodov Turkmanistonning «Neftchi», «Nisa» va boshqa bir qator klublari, Qozog‘istoning «Qayrat» jamoasini boshqargan.

Mutaxassis O‘zbekistondagi faoliyatini 2001 yilda «Paxtakor»da boshlagan va toshkentliklar klubida 2006 yilga qadar ishlab, to‘rt marta O‘zbekiston chempionati va uch bor mamlakat Kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Agamurodov «Dinamo Samarqand» (2007-2008 va 2014-2015), «Lokomotiv» (2010-2011), «Sho‘rtan» (2011), «Buxoro» (2012-2013) kabi jamoalarni boshqargan. O‘tgan mavsum ikkinchi yarmida Agamurodov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlgandi, biroq mutaxassis jamoani Superligada olib qola olmadi.

«Qizilqum» klubini 2016 yildan buyon Hamidjon Aktamov boshqarib kelayotgandi. Avvalroq mutaxassis klub rahbariyatidan joy olishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida «Qizilqum»da prezident o‘zgargan va sobiq hakam Hasan Ro‘ziyev rahbariyat tepasiga kelgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 253
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 322
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 649
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar