“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 18:36
ЎЗO‘Z

Sahnadan qo‘rqadigan mashhurlar (foto)

03 iyun, 10:10 3 087 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sahnadan qo‘rqadigan mashhurlar (foto) Doim diqqat markazida bo‘ladigan yulduzlarning hammasi ham e’tiborni yoqtiravermaydi. Kasbi shuni talab qilsa-da, sahna va omma oldiga chiqishdan qo‘rqadigan shou-biznes vakillari ham yo‘q emas. Quyida mazkur yulduzlar bilan tanishishingiz mumkin.

Amanda Seyfrid

Foto: TV.ua
Amanda ro‘yxatimizdagi boshqa yulduzlar singari sahnadan qo‘rqadigan yulduzlardan. Seyfrid intervyulardan birida ta’kidlashicha, sahnada namoyon bo‘lish haqidagi o‘yning o‘zi uni asabiylashishiga sababchi bo‘ladi. Shunga qaramay, teatrda rol ijro qilish uning eng azaliy orzularidan biri bo‘lgan. 2015 yilda The Way We Get By spektaklida rol ijro qilib niyatiga erishgan aktrisa boshqalarni qo‘rquvlaridan qochmaslik, aksincha ular bilan kurashishga chaqiradi.

Benedikt Kamberbetch

Foto: Milliyet
Zamonaviy Sherlok Xolms sifatida ma’lum bo‘lgan britaniyalik aktyor omma oldiga chiqish haqida o‘ylashi bilanoq yuragi taka-puka bo‘ladi. Benediktning o‘zi ushbu muammo haqida intervyularda og‘iz ochmagani bilan do‘stlaridan biri aktyor sahnaga chiqishdan avval jiddiy hayajonlanishi va xavotirga tushishini ta’kidlagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, har gal spektakl namoyishidan avval aktyor o‘zini juda yomon his qiladi, lekin professionallarga xos ravishda buni tomoshabinlarga sezdirmaydi.

Megan Foks

Foto: Cosmopolitan
Go‘zalligidan o‘ziga ishongandek tuyuladigan Meganda shunday qo‘rquv bor deb, kim ham o‘ylabdi deysiz? Foks o‘zi ham Gollivud yulduzi bo‘lishiga qaramay, mashhurlar orasida o‘zini noqulay his qilishini bir necha marta tan olgan. Sahna va teatrda rol ijro qilish haqida-ku gapirmasa ham bo‘laveradi. Megan teatr haqida gap ketganda, unda rol ijro qilish uchun qo‘rqmas va jasur bo‘lish kerakligini, birgina nojo‘ya harakat bilan boshqa aktyorlar mehnatini ham yo‘q qilish mumkinligi, eng dahshatlisi — qayta dubl bo‘lmasligini aytadi.

Adel

Foto: Peopletalk
Iste’dodi va hech kimga o‘xshamagan ovozi bilan ajralib turadigan britaniyalik xonanda Adel dunyo bo‘ylab konsert turlari kamdan kam uyushtirilishi sababini omma oldida ta’rifga til ojiz darajadagi qo‘rquvni his qilish bilan izohlaydi. Amsterdamdagi konsert oldidan xavotirdan qochib ketgani, Bryusseldagi konsertda muxlislar ko‘z o‘ngida ko‘ngli aynigani esa qo‘shiqchi bu borada hazillashmayotganidan darak.

Keti Perri

Foto: Peopletalk
Ushbu ro‘yxatda bo‘lishiga ishonish qiyin bo‘lgan yana bir san’at vakillaridan biri Keti Perri hisoblanadi. Yulduzni omma oldida nutq so‘zlarini esdan chiqarib qo‘yishi mumkinligi haqidagi o‘ylar qiynaydi.

Jim Kerri

Foto: Addicted 2 Success
Aktyor karerasining ilk yillarida omma oldida chiqish qo‘rquvidan xalos bo‘lish uchun kurashgan. Jimda bunday qo‘rquv paydo bo‘lishi uning 15 yoshida yuz bergan voqea bilan bog‘liq. Stand-up komik sifatida ishlashni boshlagan Kerrining chiqishlaridan biri muvaffaqiyatsiz yakun topadi, hatto boshlovchi tomonidan ham juda zerikarli deb baholangan chiqishdan keyin bo‘lajak aktyor ikki yilgacha sahnaga qadam qo‘yish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. O‘tgan bir qancha yillar, o‘z sohasida erishilgan mashhurlikka qaramasdan, Jimni hali-hanuz yoshlikdan qolgan qo‘rquv tark etmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 90
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 71
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 28
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 230
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 313
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 80
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 29
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 89
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 122
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 75
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • Bo‘limlar