“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 00:17
ЎЗO‘Z

Baxtiyor Ashurmatovdan o‘zgargan taqvim, muxlislarsiz futbol va "Bunyodkor"ni qanday yutish mumkinligi haqida

02 iyun, 15:30 1 767 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Baxtiyor Ashurmatovdan o‘zgargan taqvim, muxlislarsiz futbol va "Bunyodkor"ni qanday yutish mumkinligi haqida Qo‘qonliklar ustozi jamoasining tayyorgarlik rejalari xususida gapirdi. Chempionatning dastlabki uchta turidan so‘ng ikkita g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan holda turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi ham mashg‘ulotlarga astoydil kirishib ketdi.

Baxtiyor Ashurmatov ushbu jamoada bosh murabbiy sifatida debyut mavsumini o‘tkazmoqda. U ham muxlislar oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini hamda o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashni istaydi. Shunday xohish va istakka qarab u ham yana mashg‘ulotlarga jiddiy kirishgan.

Oldinda esa qo‘qonliklarni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi og‘ir uchrashuv kutib turibdi. O‘z navbatida qo‘qonlik muxlislar ham sevimli jamoasidan faqat ijobiy natijalar kutayotgani ham hech kimga sir bo‘lmasa kerak.

Ashurmatov esa mavjud vaziyatni yaxshi tushunib turibdi va shularni hisobga olgan holda Sports.uz sayti uchun ayrim muhim jabhalar bo‘yicha o‘zining munosabatlarini bildirdi.

Tayyorgarlik haqida
- 2,5 oy mobaynida karantin tufayli o‘yinchilar ham, muxlislar ham futbolsiz zerikib qolishlari turgan gap. Shu sababli chempionatimizni yana davom ettirishga ruxsat berilgani barchani xursand qilgani aniq. Biz Qo‘qonda mashg‘ulotlarni bugundan boshladik. To‘g‘ri, bungacha futbolchilarimiz uy sharoitida shug‘ullanib turishdi. Ammo, baribir jamoaviy mashg‘ulotlardan farq qiladi. 13 iyun kuni “Bunyodkor” bilan o‘ynaymiz va o‘sha uchrashuvgacha jamoamizning jismoniy holatini me’yoriga keltirib olishimiz muhim. Rejamiz bo‘yicha 1-6 iyun kunlari Qo‘qonda shug‘ullanamiz. Futbolchilarga bir kun dam berilgach, 8 iyundan Toshkentda tayyorgarlikni davom ettiramiz.

O‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladimi?
- Albatta, rasmiy uchrashuvga qadar bitta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishga harakat qilamiz. Bu borada klublar bilan muzokaralar olib boryapmiz. 5 iyundan rasman o‘rtoqlik uchrashuvlarini ham o‘tkazishga ruxsat beriladi. Shu bois o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishga ham harakat qilamiz. Deyarli uch oy davomida jamoamiz o‘ynagani yo‘q. Agar rasmiy bahsgacha biroz bo‘lsa ham o‘yin ritmiga ega bo‘la olsak, bu o‘zimiz uchun foydali bo‘ladi.

Futbolchilar karantindan qay holatda qaytishdi?
- Futbolchilarimiz bilan bungacha ham doimiy ravishda telefon orqali muloqotda bo‘lib turganmiz. Yigitlar uydagi imkoniyatlariga qarab yakka tartibda shug‘ullanib turishgan. Futbolchilar shu kasbni tanlashgani sababli baribir o‘z ishlariga nisbatan jiddiy yondashishgan. Umuman olganda, o‘yinchilarimiz orasida ortiqcha vaznga ega bo‘lib qolganlari ko‘zga tashlangani yo‘q. Futbolchilarimiz uylarida individual mashg‘ulotlar o‘tkazishgani bilinib turibdi.

Uch oylik tanaffusdan keyingi futbolimiz o‘z jozibasini yo‘qotmasmikin?
- Hammasi kutilmagan holat bo‘ldi. Butun dunyoga kelgan pandemiya og‘ir zarba bo‘ldi. Afsuski, sportga va xususan futbolga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Biz esa bunday vaziyatdan chiqishga majburmiz. Balki ayrim hamkasblarimiz 13 iyungacha bo‘lgan mashg‘ulotlar o‘tkazish muddatini kam, deyishi mumkin. Lekin men PFL tomonidan chiqarilgan qarorni to‘g‘ri, deb hisoblayman. Baribir o‘yindan-o‘yinga futbolchilarimiz sport formalarini tiklab olishadi. To‘g‘ri, bu oson bo‘lmaydi.

Shunga qaramasdan, futbolchilar muxlislarni xursand qiladigan o‘yin ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Chunki muxlislar ham futbolni sog‘ingan. Afsuski, hozircha o‘yinlarimiz ishqibozlarsiz o‘tadi. Bu esa 50 foizga futbolimiz jozibasini yo‘qotadi, deyishimiz mumkin. Ayniqsa, vodiyda muxlislarsiz futbolni tasavvur qilish juda ham qiyin. Tomoshabinlarga televizor orqali bo‘lsa ham chiroyli o‘yin ko‘rsatib berishimiz lozim. To‘g‘risi, oxirgi paytlarda futbolimizdagi tezlik va keskinlik borasida ham muxlislarimiz tomonidan e’tirozlar bildirilayotgandi.

Endi esa o‘yinlarni ularsiz o‘tkazishimiz yanada qiyin bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘z jamoam misolida aytadigan bo‘lsam, stadionimizda o‘tadigan bellashuvlarda ishqibozlarimiz futbolchilarimizga kuch-quvvat bag‘ishlab turishardi. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari bilan o‘yinning oxirigacha kuchli ishtiyoq bilan o‘ynashimizga turtki berishardi. Shu bois ishqibozlarsiz va uch oylik tanaffusdan keyingi futbol nisbatan jozibasizroq bo‘lishi mumkin.

“Bunyodkor”ga qarshi o‘yin xususida
- Ayni paytda barcha klublar jismoniy tomondan bir xil holatda, deb o‘ylayman. “Bunyodkor” bilan uchrashuvda g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlik va ishtiyoq qaysi jamoada ko‘proq bo‘lsa, shuningdek, jismoniy tayyorgarlik qay birida yaxshiroq ko‘rinsa, o‘sha klub g‘alaba qozonadi. Muxlislarimizga shuni ishonch bilan ayta olamanki, futbolchilarimiz g‘alaba uchun oxirigacha kurashishadi. Bunga ishonchim komil. Qanday yutish mumkin?

Bu masala bo‘yicha shuni aytishim mumkinki, “Bunyodkor” bilan uchrashuvgacha raqibga qarshi rejalar ishlab chiqamiz va shunga qarab tayyorgarlik ko‘ramiz. Lekin oldindan bir narsa deyish qiyin. O‘sha kuni kim kuchliroq ekanligini o‘yin ko‘rsatib beradi. Biz esa ham jismonan, ham taktik tarafdan “Bunyodkor” bilan uchrashuvga munosib tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz. Vadim Abramov u yerda yaxshi jamoa tuzgan. O‘tgan yili 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘ylaymanki, “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912” o‘rtasidagi uchrashuv chempionatimizning qiziqarli o‘yinlaridan biri bo‘ladi.

Shuhratbek Jo‘rayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 226
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 42
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 237
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 156
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 151
  • So'nggi yangiliklar
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 22
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 58
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 89
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 38
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 148
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 163
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 225
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 141
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 81
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 42
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 458
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 288
  • Bo‘limlar