“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 02:41
ЎЗO‘Z

Nurmat Otabekov: «Odamlar to‘planadigan joyga borishdan o‘zingizni saqlang»

02 iyun, 15:07 2 595 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nurmat Otabekov: «Odamlar to‘planadigan joyga borishdan o‘zingizni saqlang» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagilarni ma’lum qildi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 3 ming 718 bemor ro‘yxatga olingan. Kuni kecha 22 nafar, jami 2 ming 859 nafar, ya’ni 77 foiz bemor to‘liq sog‘aygan va reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 844 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Karantin tadbirlari davom etyapti. 46 mingdan ko‘proq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat jiddiyligicha saqlanib turibdi. Kuni kecha kasallik qayd etilgan 79 fuqaroning 15 nafari aholi orasida aniqlangan. 13 nafari Toshkent shahrida, 1 nafari Sirdaryo va yana 1 nafari Toshkent viloyatida. Ming afsuski, oxirgi aniqlangan 16 bemorning 2 nafari yana Toshkent shahriga to‘g‘ri kelyapti. Ushbu bemorlar Yashnobod tumani aholi orasida aniqlangan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, ortiqcha zaruratsiz ko‘chaga chiqmang, ko‘chaga chiqdingizmi, albatta, doka niqobda bo‘ling. Muloqotdan o‘zingizni tiying, masofani saqlang. Odamlar to‘planadigan, joyga borishdan o‘zingizni saqlang. Tibbiyot xodimlarining barcha tavsiyalariga rioya qiling. Uyga qaytganingizdan keyin, albatta, qo‘llaringizni antiseptik vositalar bilan zararsizlantiring. Shunday qilibgina kasallanishdan saqlanishimiz mumkinligini yoddan chiqarmang!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 28
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 81
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 11
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 6
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 16
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 14
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 37
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 27
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 22
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 124
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 99
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 67
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 65
  • Bo‘limlar