“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2020, 11:33
ЎЗO‘Z

Shunchaki ertak

01 iyun, 23:36 2 316 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shunchaki ertak Bor ekanu yo‘q ekan, yuvosh hamda sho‘x ekan, xotin bozorchi ekan, eri bekorchi ekan, bola tilanchi ekan, maktab ikkilamchi ekan.
Qadim emas, qaysi bir zamonda bir oshpaz ayol bo‘lgan ekan. Uning uchta xizmatkori, yo‘g‘e uch kelini bor ekan. Shuncha yillar o‘tsa-da, biror kelin qaynonasi bilan janjallashish u yoqda tursin, hatto tik qaramabdi (Ishonish qiyin albatta, biroq majbursiz, chunki bu ertak). Kunlar mening navbatim, mening navbatim deb o‘taveribdi. Yoz yig‘lamsirab, taxtni kuzga bo‘shatibdi. O‘sha oshpaz ayol bir kuni tongda horg‘in uyg‘onibdi va tushini eslabdi. Umrida biror marta maktub olmagan ayolga tushida xat jo‘natishibdi.

Unda quyidagi qaydlar bor ekan:
Tayyorgarligingni ko‘raver, tez orada seni uzoqlarga olib ketaman! Azroil!

Ayol umr ovqatiga to‘yganini faxmlabdi-da, uch kelinini chaqiribdi. “Kelinlarim, men bugun bor bo‘lsa, ertaga yo‘qman, qolgan umrim omonat, shu sabab birortangizga merosimni qoldirishim lozim. Bir shartim borki, kim bajara olsa, meros shuniki bo‘ladi. Vazifa shuki, menga tongga qadar sumalak pishirib olib kelishingiz kerak,” deb kelinlarini hayratga ko‘mib tashlabdi kampir. Uch ovsinning kapalagi uchib, xayoli qochib, o‘ylar girdobiga g‘arq bo‘libdi. Chunki sumalak kamida bir oy davomida tayyorlanadi. Uning uchun bug‘doy ivitish, undirish va maromida tayyorlash anchayin dushvor masala. Bu ham mayli, hozir kuz fasli! Bunisiga nima deysiz?!

Uch kelin o‘yga tolib, uylariga ravona bo‘lishibdi. Tong otibdi. Qaynona birinchi kelinni chaqiribdi. Undan sas-sado chiqmabdi. Ikkinchi kelin hali kelmagani sabab uchinchisi qaynona huzurida hozir bo‘libdi. U ham mulzam. Birozdan so‘ng kosa ko‘tarib, o‘rtancha kelin “general”ga yuzlanibdi va “mana, oyijon, sumalak” deb ta’zim bilan kosani uzatibdi (Odatda ertaklarda doim uchinchi shahzoda, kenja malikalar qahramonlik ko‘rsatib hammaning erkatoyiga aylanishgan. Biz shu an’anani biroz buzgimiz keldi. Noodatiy bo‘lsin dedik-da, aylanaylar!). Qaynona rosa quvonibdi. Ovsinjonlar hayron. Oshpaz ayol shartni bajargan kelinga va’da qilingan qutichani tutqazibdi. “Kelin, buni uyingga borgandan so‘ng ochgin, tag‘in yo‘lda ochib o‘tirmagin,” debdi-da, yaxshilab duo qilibdi.

Kelin uyga shosha-pisha kelib, qutichani ochibdi, qarasa, quyidagi so‘zlar bitilgan bir parcha qog‘oz turganmish: “Kelinjon, holvaytar juda shirin bo‘lganga o‘xshaydi. Topqirligingga balli! Muhimi, insonlarga tansiq taoming bilan birga mehr qo‘shib uzatish, mushkul vaziyatlarda donolik ila ish ko‘rishlik ekanini unutma!”

O‘sha daqiqalarda kelinning yuragini allaqanday hislar egallab olibdi. Qarasa, qog‘oz tagida bittagina osh qoshiq turganmish. Shunda kelin qaynonasi unga tillolardan ham ziyodroq narsa-o‘z kasbini, ya’ni oshpazlikni meros qilib qoldirib ketmoqchi ekanini anglab yetibdi.

Menimcha, u oilasi bilan baxtli yashab, murodu maqsadiga yetgan, chunki hunarli inson, yashar farovon, aylanaylar!

Muallif Dilorom Begmatova




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB: G‘allaorolda yana bir oilaga quvonch qaytdi 12 мая, 16:52
  • Ohangaronda “ajoyib” odat bor: u yerlarda kelin kuyovni sotib olar ekan... 11 iyun, 17:30
  • Xalqdan uyalmaydigan rahbarlar bor ekan, dushmanning keragi yo‘q 06 мая, 08:20
  • … 45-89 abonenti: «Ko‘ngil qo‘ymay yashash qiyin ekan…» 09 fev, 12:50
  • Gullar semirtirish xususiyatiga ega ekan 12 yanv, 09:40
  • Mashina haydash uchun eng xavfli poyabzal qaysi ekanligi aniqlandi 02 iyul, 09:06
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi (foto, video) 05 iyul, 11:15 0
  • Eng foydali smartfonlar nomi e’lon qilindi 05 iyul, 10:53 1
  • Ayol kishi kunini qanday boshlashi kerak? 05 iyul, 10:30 2
  • O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 9800dan oshdi 05 iyul, 10:05 0
  • Shahzoda Muhammedovaga turmush o‘rtog‘i Equinox avtomobilini sovg‘a qildi (video) 05 iyul, 09:49 1
  • O‘zbekistonda 5 iyuldan koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkin 05 iyul, 09:25 2
  • Uyushgan jinoyatchilikka qarshi tarixdagi eng yirik operatsiyada mingdan ortiq kishi hibsga olindi 05 iyul, 08:55 3
  • AQSH razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV 05 iyul, 08:27 314
  • "O‘zbekiston Shveysariyasi" mahalliy sayyohlar uchun cho‘ntakbop bo‘ladi 05 iyul, 07:57 464
  • Ajdarho oshxonasi: Bryus Li rioya qilgan 8 ta ovqatlanish qoidasi 05 iyul, 07:30 471
  • Habib Nurmagomedov otasining janozasida nimalar dedi? 05 iyul, 07:00 1 363
  • Ronaldu: "O‘zimga bo‘lgan ishonchni qaytarish uchun ham jarimadan gol urishim kerak edi" 05 iyul, 06:30 316
  • Bo‘limlar