“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2020, 12:59
ЎЗO‘Z

Qashqadaryoda IIB xodimi tungi reyd vaqtida fuqaroni tepdi

01 iyun, 23:30 1 442 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qashqadaryoda IIB xodimi tungi reyd vaqtida fuqaroni tepdi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Qashqadaryo viloyati Koson tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlari va fuqarolar o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda do‘kon oldida ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqani, shu vaqtda xodimlardan biri fuqaroni kuch bilan tepganini ko‘rish mumkin. Vazirlik Koson tumanida IIB xodimi fuqaroga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatganini tasdiqlagan.

Voqea 30 may, shanba kuni soat 21:40 da Koson tumanining «Nihol» mahallasidagi «Nihol Said Baraka» do‘koni oldida IIB xodimlari aholining karantin qoidalariga amal qilishini tekshirish maqsadida o‘tkazayotgan tungi reyd vaqtida yuz bergan.

«Viloyat IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, shu mahallada yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan X.M.ga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgan», deyiladi IIV xabarida.

IIV O‘z xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tadbir ishtirokchilarining har birining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’kidlangan.

Ushbu holat videosi tarqalgach ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroga kuch ishlatgan xodim Milliy gvardiya xizmatchisi ekani aytilgandi. Keyinroq Milliy gvardiya matbuot xizmati surishtiruv o‘tkazib, videotasvirlarda «qonun himoyasida turib, o‘zi esa qonunni buzayotgan» deb iddao etilayotgan xodim Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi emasligi aniqlangani haqida xabar bergandi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • IIV Chilonzorda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida yuz bergan holat bo‘yicha ma’lumot berdi 01 iyun, 18:00
  • Buxoro shahrida karantin vaqtida faoliyat yuritayotgan kafe aniqlandi 30 мая, 15:50
  • Oltinsoyda fuqarolar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqdi (video) 15 fev, 15:02
  • Fuqaroga “soqoltoy” deb murojaat qilgan PPX xodimining lavozimi pasaytirildi (video) 11 noya, 07:02
  • Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi 23 noya, 08:30
  • IIV rasmiy bayonoti: «San’at Umarov ichki ishlar tizimiga tasodifan kirib qolgan nopok xodim» 06 iyul, 08:00
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonda chaqmoq urishdan bir kun ichida 23 kishi halok bo‘ldi 05 iyul, 12:23 0
  • Belyayevskiy: "Agarda Jasur bo‘lganida yana ikkita urgan bo‘lardik" 05 iyul, 12:00 1
  • Bavariya — Germaniya kubogining 20 karra g‘olibi! 05 iyul, 11:39 32
  • Dunyodagi eng kuchli krossover nomi ma’lum bo‘ldi (foto, video) 05 iyul, 11:15 104
  • Eng foydali smartfonlar nomi e’lon qilindi 05 iyul, 10:53 116
  • Ayol kishi kunini qanday boshlashi kerak? 05 iyul, 10:30 238
  • O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 9800dan oshdi 05 iyul, 10:05 282
  • Shahzoda Muhammedovaga turmush o‘rtog‘i Equinox avtomobilini sovg‘a qildi (video) 05 iyul, 09:49 682
  • O‘zbekistonda 5 iyuldan koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkin 05 iyul, 09:25 326
  • Uyushgan jinoyatchilikka qarshi tarixdagi eng yirik operatsiyada mingdan ortiq kishi hibsga olindi 05 iyul, 08:55 512
  • AQSH razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV 05 iyul, 08:27 503
  • "O‘zbekiston Shveysariyasi" mahalliy sayyohlar uchun cho‘ntakbop bo‘ladi 05 iyul, 07:57 699
  • Bo‘limlar