“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 11:42
ЎЗO‘Z

Aripov va Boronov aybdorlarni javobgarlikka tortishga kelishib oldi

01 iyun, 15:00 2 321 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aripov va Boronov aybdorlarni javobgarlikka tortishga kelishib oldi Foto: gov.kg
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov bilan Botken viloyatidagi «Chechme-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida uchrashdi. Uchrashuvda DXX raisi Abdusalom Azizov va Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ham ishtirok etgan.

Qirg‘iziston hukumati saytida xabar qilinishicha, uchrashuv chog‘ida kecha ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida yuz bergan mojaro muhokama qilindi.

Tomonlar davlat chegarasining O‘zbekiston-Qirg‘iziston qismida sodir bo‘lgan voqeadan afsusda ekanini bildirib, vaziyatni to‘g‘rilash, uning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik va chegara hududlaridagi holatni yumshatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirishdi.

Ikki davlatning ilgari erishilgan kelishuvlarga sodiqligi va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etishga konstruktiv yondashuvi alohida qayd etilgani aytiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv natijasida tomonlar birgalikda tergov-surishtiruv tadbirlarini o‘tkazishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga kelishib oldilar, deyiladi xabarda.

Avvalroq, O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi mojaro oqibatida 25 kishi jarohat olgani ma’lum qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 0
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 1
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 0
  • Duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol o‘quv markazi ochgani haqida video tarqaldi 15 apr, 22:50 208
  • Shavkat Mirziyoyev bir qator davlatlarning TIV rahbarlarini qabul qildi 15 apr, 22:00 89
  • Shavkat Mirziyoyev Ko‘rfaz davlatlari tashkiloti bosh kotibini qabul qildi 15 apr, 21:36 44
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 0
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 0
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 15
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 26
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 44
  • Netanyahu Eronga javob uchun nishonlar ro‘yxatini tayyorlashni buyurdi 16 apr, 08:18 76
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 25
  • Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi 16 apr, 06:47 72
  • Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi 16 apr, 00:23 255
  • Britaniya bosh vaziri: “G7 mamlakatlari Eronga qarshi chora ko‘rish masalasini muhokama qilyapti” 15 apr, 23:59 123
  • Orenburgdagi suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingga yaqin turar joy binosini suv bosdi 15 apr, 23:13 159
  • Duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol o‘quv markazi ochgani haqida video tarqaldi 15 apr, 22:50 208
  • Bo‘limlar