“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:04
ЎЗO‘Z

Sinovli kunlardan o‘tishda jamiyatning har bir a’zosi mas’uliyat sezishi kerak

01 iyun, 00:23 2 279 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sinovli kunlardan o‘tishda jamiyatning har bir a’zosi mas’uliyat sezishi kerak 2020 yil – go‘zal raqam. Minglab yillik tarixga ega insoniyat tamadduni uchun bir yil, bir yil emas, o‘nlab, yuzlab yillar ham lahzadek gap...
O‘zbekiston uchun oxirgi ikki-uch yil barakali bo‘lib kelayotgan edi. Joriy yil xam bir qarashda yaxshi boshlangan, O‘zbekiston dunyo hamjamiyatiga yangitdan tanilayotgan, jahonda tutgan o‘rni va mavqeyi mustahkamlanib borayotgan edi.

Lekin… Ha, qaniydi shu lekin bo‘lmasa. Sinovli kunlar o‘sha lekindan boshlandi. Xitoyning Uhan shahrida 2019 yilning dekabr oyida aniqlangan va odamlar orasida juda tez tarqalishni boshlagan yangi koronavirus infeksiyasi tez kunlarda nafaqat Xitoy davlati, Osiyo qit’asi, balki butun dunyoni egallab oldi.

Ushbu kasallik O‘zbekiston fuqarolari orasida ham aniqlandi va tez kunlarda tarqala boshladi. Kasallik dunyoning rivojlangan davlatlarini ham esankiratib qo‘ydi. Virus tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida bugungi kunga kelib vatanimizda koronavirusdan zararlanganlar soni nisbatan oz, o‘lim holati nisbatan juda past, ushbu balodan qutulib, batamom sog‘aygan vatandoshlarimiz soni esa kundan kunga ortib [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzMxL3Npbm92bGkta3VubGFyZGFuLW90aXNoZGEtamFtaXlhdG5pbmctaGFyLWJpci1hem9zaS1tYXN1bGl5YXQtc2V6aXNoaS1rZXJhaw%3D%3D]bormoqda[/leech].

O‘zbekistonda kasallik 2020 yilning mart oyida aniqlangan bo‘lsa-da, uning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ancha erta – joriy yilning yanvar oyidan boshlangan edi va kasallik bo‘yicha bugungi kundagi holat ko‘p jihatdan ushbu chora-tadbirlarning samarasidir.

Biroq yuqumli kasallik, uning tarqalishiga qarshi ko‘rilgan choralar, shu jumladan karantin, o‘z-o‘zini yakkalash, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga qo‘yilgan cheklovlar, odamlarning jamoat joylarida to‘planishiga qarshi amalga oshirilgan tadbirlar, korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyati, jamoat transporti harakatiga qo‘yilgan cheklovlar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqot qilgani sababli statsionar karantinga olingan insonlarni joylashtirish uchun tezkorlik bilan qurib bitkazilib foydalanishga topshirilgan shifoxonalar O‘zbekistonimiz iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

Quyidagi raqamlar bizning fikrimizcha hech qanday sharhga muhtoj emas. 2020 yil 25 may holatiga ko‘ra:

O‘zbekiston va uning xalqini 2020 yilda nafaqat koronavirus pandemiyasi, balki tabiiy va texnogen ofatlar ham sinovdan o‘tkazmoqda.

2020 yilda boshlangan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, aprel oyining oxirida Buxoro viloyatida sodir bulgan kuchli bo‘ron, 1 may kuni Sardoba suv omborining dambasi o‘pirilishi oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqini va ular oqibatida yuzaga kelgan xam iqtisodiy, ham ma’naviy zarar hali uzoq yillar xalqimiz xotirasidan o‘chishi qiyin.

Lekin juda yaxshi bilamizki, tanganing ikki tomoni mavjud.

2020 yilda xalqimiz boshiga tushgan koronavirus pandemiyasi, tabiiy va texnogen ofatlarning xalqimiz uchun bo‘lgan yaxshi tomonlarini ham (bunday falokatlar haqida yaxshi deb gapirib bo‘lmasa-da) aytib o‘tish zarur.

Birinchidan, xalqimiz va rahbariyat ofatlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, ularga qarshi kurashda, zararli oqibatlarni yengib o‘tishda yakdillik va hamjihatlik bilindi.

Buxorodagi bo‘ron va Sirdaryodagi suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan, boshpanasiz, yashash uchun zarur mablag‘ va moddiy vositalarsiz qolgan insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, ularning hayoti tez kunlarda yana avvalgiday o‘z o‘zaniga tushib ketishi uchun chin ko‘ngildan yordam ko‘rsatishda, ko‘mak bo‘lishda xalqimizning o‘z-o‘zidan, «yuqoridan» hech qanday ko‘rsatmalarsiz harakat qilgani quvonarli bo‘ldi.

Ikkinchidan, pandemiyaga qarshi kurashning birinchi qatorlarida turgan, o‘z sog‘lig‘i, hayotini keyingi o‘ringa qo‘yib, kasallik bilan kurashayotgan insonlarni davolayotgan, ularga har tomonlama malham bo‘layotgan jonkuyar tibbiyot xodimlari, koronavirus deb nomlangan, millat va xalq tanlamaydigan ko‘rinmas, yovuz dushman qachon, qayerda, qay holatda hujum qilishini bilib bo‘lmaydigan davrda o‘zini o‘ylamasdan, xalqimiz hayoti va sog‘lig‘ini saqlash ishlariga tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda o‘z hissasini qo‘shayotgan, kunni tunga ulab xizmat kilayotgan mard harbiylar, ichki ishlar, Milliy gvardiya xodimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi, hokimliklar, mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlari xodimlari faoliyati ham e’tiborga molik.

Pandemiyagacha bo‘lgan davrni bir o‘zingiz eslab ko‘ring, shifokorlarni kaltaklash, o‘qituvchilar, shifokorlar, ichki ishlar xodimlari to‘g‘risida bo‘lar-bo‘lmas gaplarni gapirib ular ustidan mazg‘ava ag‘darishga bo‘lgan harakatlar kuzatilgandi. Hozirgi sinovli kunlarda esa ushbu kasb egalari butunlay boshqa qiyofada namoyon bulayotgani va ularga bo‘lgan munosabat yaxshi tomonga tubdan o‘zgarib borayotgani jamiyatning katta yutug‘i bo‘ldi.

Uchinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarining pandemiya va uning natijasida qo‘yilgan cheklovlar davrida faoliyat ko‘rsatishga tez moslasha olgani va ushbu pandemiya davridan iloji boricha kam talafot bilan chiqib olishga bo‘lgan intilishlar va amalga oshirilayotgan tadbirlarga nazar tashlash lozim.

To‘rtinchidan, pandemiya davrida internet tarmog‘i, axborot-kommunikatsiya vositalari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, masofadan turib ishlash uchun ular bilan ishlashni o‘rganishga va ulardan foydalanishga bo‘lgan talab va ehtiyojning ortib borayotgani ulardan unumli foydalanuvchilar miqdorining keskin oshishiga sabab bo‘ldi.

Lekin ko‘rilgan choralar, amalga oshirilgan va oshirilayotgan qator tadbirlarga qaramay koronavirus pandemiyasi, tabiiy va texnogen ofatlar iqtisodiyotga o‘z zararli ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Shu sababli yurtimizda epidemiologik holatning yaxshilanib borayotgani, infeksiyadan zararlanish holatlari kamayganini e’tiborga olib, davlatimiz rahbariyati va tegishli vazirlik va idoradar tomonidan pandemiyaning iqtisodiyotga zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida karantin qoidalarini yumshatish bo‘yicha qator xujjatlar qabul qilindi, tegishli choralar ko‘rildi.

Biroq ayrim insonlar, ayniqsa ba’zi yoshlar ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlar, ularning maqsadi va ahamiyatini noto‘g‘ri tushunmoqdalar.

Eng xavflisi – kasallanish holatlari aholi orasidan ham aniqlanayotgani, ko‘p hollarda infeksiyadan zararlangan bemorlar ushbu kasallikni qachon, qay holatda yuqtirib olganliklarini aniq bilmayotganliklari infeksiya bilan kurashish, infeksiyadan zararlangan barcha insonlarni aniqlash va izolyatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishda katta qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Aziz yurtdoshlar!

Hozirgi davr, bugungi sinovli kunlar bizdan ongliligimiz, hamjihatligimizni namoyon qilish, qabul qilinayotgan qonunlar va hujjatlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz zarurligini talab qilmoqda.

Shomansur Sagdullayev,
senator, xalq deputatlari
Toshkent shahar kengashi deputati




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 85
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 285
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar