“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:32
ЎЗO‘Z

“Men qanday Islomni qabul qildim?” yoxud “Hidoyatga kelgan armani” suhbatiga ilova (davomi)

31 мая, 00:04 2 932 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Men qanday Islomni qabul qildim?” yoxud “Hidoyatga kelgan armani” suhbatiga ilova (davomi) O‘shandan beri onam mening “o‘ng qo‘lim”… Ramazonda saharligu iftorligimni tayyorlaydigan ham – onam, bugun charchadim, o‘zim uyg‘onolmayman, falon soatda uyg‘oting, desam kelib uyg‘otadigan ham – onam, dashnom berganida “Sening Kitobingda ovozni balandlatish mumkin emasdi-ku” deb “joyimga o‘tqazib qo‘yadigan” ham – onam...

Oynai jahonda Tohir Malik chiqsa, “Hidoyat sari” boshlansa, Shayx xazratlari chiqsa “Ey buyoqqa kel, ustozing gapiryapti”, deb chaqirib oladilar. Ayniqsa, bu yil Ramazon oyi davomida Shayx hazratlarining suhbatlarini eshitib, yana-da yumshab qoldilar. Ba’zan biror diniy masalada gap boshlab qoladilar: Kim aytdi sizga bu gaplarni?” deb so‘rasam, «Ana tvda har kuni ko‘ryapman, bu kampir hech nimani bilmaydi deb o‘ylama deydilar koyib. Musulmon emaslaru, inshaalloh, nasib qilishidan umidvorman! She’rlarimni onamga o‘qib bermayman: ham uyalaman, ham qo‘rqaman, faqat she’riyatim shaydolarining salomini yetkazib turaman.

Ilk bor juma namoziga borganimdagi hayratim haliyam esimda. Ilk masjidga borishim juma kuniga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda bunchalik ko‘p poyabzalni ko‘rib, rosa hayron qolganman. Shuncha ko‘p odamni umrimda bir joyga to‘planganini ko‘rmagandim-da. Masjidga kirib ketayotgan bir kishiga: “Men ham kirib namoz o‘qisam bo‘ladimi?” deganimda u kishi judayam hayron bo‘lib qolgan: “Namoz o‘qigani keldingmi? Kir unda!” degan. Juda hayajonlanganman.

Zangiotadagi Andalus masjidiga borib peshin namozini o‘qigach, namozda imomlik qilgan kishining yoniga borib “Asrni shu yerda kutsam, bo‘ladimi?” deganman. U kishi “Yur biznikiga” degan. Ergashib ketaverganman. Borsak, eshikni xijobli bir ayol ochgan. Ayollari ekan. Birgina savol: “Bu kim” degan savolga o‘g‘lim degan javob aytilgach, ichkariga kirganmiz, hayitning qaysidir kuni marosim qilishayotgan ekan. O‘sha-o‘sha oramiz yaqin bo‘lib qolgan. Uyimga eng yaqin masjid 5 chaqirim uzoqlikda bo‘lganiga ba’zan ularning uyida tunab ham qolardim. U kishi ham endilikda Allohning rahmatiga qovushgan. Ochiqko‘ngil inson edilar. Bir menga emas, boshqalarga ham eshiklari ochiq edi. Ana shu yaxshi odatlaridan foydalangan bir razil kimsa bosqinchilik qilib Ma’ruf otaning, nogiron singlisining, qizining joniga qasd qilganiga ham bir necha yillar bo‘ldi.

Ma’ruf otaning “Abdurahmon, o‘g‘lim!” deyishini juda sog‘inaman.

Qachon qarama uylariga borsam manzara shu edi: Onaxon Qur’on o‘qib o‘tirar, Ma’ruf doda namoz o‘qirdi yoki aksincha. Bir o‘g‘illari bor edi. Nohaq qamalgan. Bunaqa matonatli otani hech ko‘rmadim. Biror marta shu o‘g‘lidan noliganlarini bilmayman: “Kitoblarda aytib qo‘yibdi, dinni tilini ostida cho‘g‘ asragandek asraganlar bor, mening o‘g‘lim shulardan” deb qo‘yardilar.

Aytgancha, ismim ilgari Renis edi. Muhammad deb o‘zgartirgim kelsa-da, o‘zimni bunga loyiq emas deb bilib, Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhuni juda sevganimga ismimni Abdurrohmanga o‘zgartirganman. U vaqtda 20 yosh edim.

Musulmon bo‘lganligimga to‘rt yil o‘tgach, ya’ni 20 yoshimda jarrohning qo‘liga tushganman.

Shu bois sunnat to‘yim bo‘lmagan desam-a?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning bir kitoblarida musulmon oilada tug‘ilmagan inson yoshi o‘tib Islomni qabul qilsa, sunnat qilinishi ixtiyoriy deb o‘qiganimga to‘rt yil bu ishni qilmaganman. Hazratga tuhmat qilayotgan bo‘lmay, balki mening ojiz aqlim ular yozgan narsani tushunmagandir.

Ammo yillar o‘tgach, shayx hazratlarining boshqa bir kitobida sunnat qilinishi yaxshi amal ekanligi, imkoni bor odam buni qilsa yaxshiligini o‘qigach, tezda bunga ham amal qilganman.

Islomga kirishim bilan o‘qigan-uqqanlarim, johiliyatdan to‘yib ketganim, nuqul o‘ngidan kelaveradigan tushlarim, yuzini bo‘lmasa-da ortidan uzoqqa termulib turgan to‘rt nafar nur yuzli inson bilan turgan eng Sevimli Insonim sabab bo‘lgan. Yuzini ko‘rolmaganim gunohlarim ko‘pligidan va hali loyiqmasligimdandir...

Kalimai shahodatni – Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluh deb aytishim bilan ish bitmasligini o‘n to‘rt yillik umrim isbotlab berdi. To o‘lguncha sinov to‘xtamas ekan. Bir gal qamoq xavfi tahdid solsa, ikkinchi gal hirsing aqldan ozdirib qo‘yay deydi.

Ikkisini ham bir amallab yengsang, boylik to‘plash hissi qalbingda bo‘y ko‘rsatib turadi. Buniyam yengsang, Alloh sinamoqchi bo‘lib bo‘yningga qarzni ilib qo‘yishi mumkin ekan. Bundan-da hikmat topib zikrini qilaversang, Razzoqligidan shubhalanmasang, O‘zi asta-asta bu botqoqdan tortib olaverar ekan. “Biz bilan cherkovga borsang, yordam qo‘lini cho‘zamiz” deganlarning eshigini qarsillatib yopib chiqib ketishga, “Iymonimga narx qo‘ymanglar, osonlikcha topmadim” deyishga hadding sig‘arkan.

Qulog‘imga chalinib, ko‘zimga tashlanib qoladi: “Men falonchiga Islom dinini o‘rganish uchun erga tekkandim, u meni xor qildi, endi menam uni sharmanda qilaman” deb hijobni boshidan yulib otganlarning iddaosi. Ularga gapim doim shu bo‘lgan: Islom uchun erga tegibsan, o‘ranibsan, ering yaxshidir yomondir, senga Islom asoslarini o‘rgatibdi, sen ering bilan arazlashganingga qasd qilib iymoningdan-da kechdingmi?! O‘zi turmush o‘rtog‘ing bilan ajrashdingmi yo Islom bilanmi?!

Men o‘zimdan gapirsam – qazoi qadarimga roziman. Mingdan-ming roziman. Ko‘chaga chiqsam, minglab benamoz, yuzlab aroqxo‘r, o‘nlab munofiq. O‘zi menga Biru Borligini bildiribdi, shukr qilishdan boshqa nima qilay, Allohdan eng ko‘p so‘raydiganim u kunlarga meni boshqa qaytarmasin.

So‘zim so‘nggida aytmoqchi bo‘lganim, balki biror daxriy ham o‘qir bu gaplarimni. Balki biror murtad ham o‘qir. O‘shalarga aytadiganim – niyatni toza qilib Qur’onni ochib ko‘ringlar, fe’li yaxshi, shirinso‘z inson bilan bahslashish uchun emas, chin dildan muloqot qilib savollaringizga javob olishga urinib ko‘ringlar. Uch-to‘rt badfe’l Islom degani emas! Sizlar har holda o‘zbek, qozoq yo boshqa osiyo xalqlaridansiz. Agar nasroniylik eng sof yo‘l bo‘lganida eng avval o‘zim nasroniy bo‘lardim, kofirlik zo‘r bo‘lsa, daxriylar ichida eng peshqadami bo‘lardim. Siz ertak deb biladigan din aslida ertak emas, haqiqat.

Inson raketa uchira oladi, samolarni zabt eta oladi. Oddiy ojiz banda shuni qila olarkan, Alloh nega tavbangizni qabul qilib, sizga Firdavs jannatini bermasin?!

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 239
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 134
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 152
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 128
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 25
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 40
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 68
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 192
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 114
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 192
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 41
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 74
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 95
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 59
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 143
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 61
  • Bo‘limlar