“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:17
ЎЗO‘Z

Xorazmda 18 yoshli yigit otasining Lacetti’sida Damas bilan to‘qnashdi (foto)

29 мая, 13:30 4 748 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xorazmda 18 yoshli yigit otasining Lacetti’sida Damas bilan to‘qnashdi (foto) Xorazm viloyatining Xiva tumanida 24 may kuni yuz bergan Lacetti va Damas ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi 19 yoshli qizning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa 24 may kuni soat soat 17:30 da Xiva tumani «Oq ko‘l» mahallasidan o‘tgan 4R-157A-sonli avtomobil yo‘lining 15-kilometrida sodir bo‘lgan. 18 yoshli B.S. avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarisiz otasi O.X.ga tegishli bo‘lgan Lacetti’ni boshqarib ketayotganida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Damas haydovchisi 35 yoshli B.V. ismli erkak, yo‘lovchilar 19 yoshli O.J. ismli qiz va 32 yoshli I.X. ismli ayol tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 19 yoshli qiz ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Xiva tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

O‘zbekiston yo‘llarida ikki avtomobil to‘qnashishi oqibatida yo‘lovchilarning halok bo‘lishi tez-tez kuzatilib turadi. 19 may kuni Buxoroda Nexia va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 19 yoshli qiz, 26 may kuni Toshkentda Nexia-2 va Tico to‘qnashuvi oqibatida 39 yoshli erkak, 27 may kuni Samarqandda Lacetti va Damas to‘qnashuvi oqibatida 36 yoshli erkak vafot etgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar