“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:15
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov e’tiborsiz qolgan musiqa ta’limi, ko‘zi ojiz bolalarga yordam va taqiq olingan san’atkorlar haqida

29 мая, 13:04 3 713 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov e’tiborsiz qolgan musiqa ta’limi, ko‘zi ojiz bolalarga yordam va taqiq olingan san’atkorlar haqida Kun.uz muxbiri prezident Mirziyoyevning madaniyat sohasiga oid yangi farmoni va bu sohada yechimini kutayotgan bir nechta muammolar yuzasidan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan suhbat uyushtirdi. Kecha suhbatning birinchi qismi o‘quvchilar e’tiboriga havola qilingan edi.
Quyida Madaniyat vaziri bilan suhbatning ikkinchi qismi bilan tanishishingiz mumkin.

— Maktablarda yillar davomida musiqa darslari e’tiborsiz qarab kelindi. Darslarni ayrim hollarda boshqa fan o‘qituvchilari o‘tgan holatlar yoki kerakli cholg‘u asboblari bo‘lmagan holatlar yetarlicha. Bu sohada qanaqa o‘zgarishlar bo‘ladi?

— Musiqa ta’limi bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan alohida dastur ishlab chiqiladigan bo‘ldi. Aslini olganda ham, musiqa ta’limi siyosatini qaysi bosqichda bo‘lmasin, Madaniyat vazirligi yuritishi, dasturini tayyorlab berishi kerak. Va albatta, yagona siyosat yuritilsagina, bu borada yaxshi yechim topilishi mumkin. Agar hamma o‘ziga qulay variantini qabul qilsa, lekin soha egalari bo‘la turib jim tursak, bu to‘g‘ri emas.

Masalan, Xalq ta’limi vazirligining auditoriyasini tahlil qilsak, ular bizning muxlislarimiz ekani oydinlashadi. Muxlis esa to‘g‘ri baho bera olish darajasida bazaviy bilimi bo‘lishi kerak. Bugun ayrim arzon san’at turlarining yuqorilab ketishida ham muxlis saviyasi tushgani sabab bo‘lib qolmoqda. Ya’ni muxlis ijrochilarga katta-katta talab qo‘ymayapti, «bo‘laveradi» deya borini qabul qilyapti, fonogrammalarga ko‘nikyapti. Masalan, bizning yoshligimizda qishloq to‘ylarida ham san’atkordan klassik asarlar so‘ralar edi. Biri fermer, biri haydovchi, biri o‘qituvchi bo‘lgan auditoriya vakillari klassik san’at namunalarini so‘rardi, katta-katta majburiyatlar qo‘yardi.

Demak, muxlis talabi, iste’molchi xohishlari san’atning qadri oshishida katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun umumta’lim maktablariga befarq bo‘lishga haqqimiz yo‘q. Chunki biz u yerda professional san’atimizga baho beruvchi, qabul qiluvchi va uni iste’mol qiluvchi muxlis tayyorlaymiz.

Shuning uchun bu auditoriyani tayyorlash asosi bo‘lgan maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi uchun dastur tayyorlamoqchimiz.

Chunki bola 7 yoshgacha o‘zining qanday qo‘shiq eshitishini tanlab bo‘ladi. Undan keyin bolaga boshqa narsa taklif qilish befoyda. Shuning uchun biz bog‘chalarda maqom kuylaridan, jahon klassikasining kichik-kichik namunalaridan foydalanmoqchimiz, shunda ularni eshitish uchun bolalarning qulog‘i ochiladi.

— Ko‘zi ojiz bolalar haqida ham savolim bor edi. Ko‘zi ojiz bolalarning ko‘pchiligi musiqa ta’limiga qiziqadi. Biroq ularning ko‘pchiligining ota-onalari ham ko‘zi ojizligi yoki boshqa muammolari hisobiga to‘lov qilishga qiynalishadi. Oldingi vazir Baxtiyor Sayfullayev ko‘zi ojiz bolalarni musiqa to‘lovidan ozod qilinishi haqida ham aytgan edi. Lekin hozir yana shu masala ko‘tarilgani haqida eshityapmiz. Nahotki, buni hal qilish imkoni yo‘q?

— Bu masala hal qilingan: har bir musiqa maktabida 25 foiz kam ta’minlangan va imkoniyati cheklangan bolalar to‘lovdan ozod qilinadi. Ularda to‘lov bilan bog‘liq muammo uchrashi faqat maktab direktorining xatosi bo‘lishi mumkin.

— Lekin ma’lum muddat to‘lovdan ozod qilingan ko‘zi ojiz bolalar yana pul to‘lashi kerakligi haqida aytilganini ham eshitdik.

— Yo‘q, bunaqa bo‘lishi mumkin emas. Men bu masalani o‘rganib chiqaman. Bu mavzu haqida menga ham uzunquloq gaplar yetib keldi. Bugun safardan kelganim uchun endi mavzuni o‘rganishni boshlayman. Faqatgina korrupsion holatlar tufayli bunday vaziyat kuzatilgan bo‘lishi mumkin.

— Agar ma’lum hududda musiqa bilan shug‘ullanuvchi imkoniyati cheklangan bolalar ko‘p bo‘lsa, sharoitdan kelib chiqib, kvota oshirilishi mumkinmi?

— Albatta, buni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib qiyinchiliksiz hal qilsa, bo‘ladi. Hattoki, madaniyat markazlaridagi to‘garaklar ham deyarli bepul, 5-10 ming to‘lov qilinishi mumkin xolos.

Imkoniyati cheklangan bolalar ta’limi bilan bog‘liq masalani, albatta o‘rganib chiqib, sizga javobini yetkazaman.

— Mahalliy hokimliklar Madaniyat vazirligi bilan maslahatlashmasdan turib, madaniy yodgorliklarni buzib tashlash holatlari ko‘p uchrayapti. Bularga qachon chek qo‘yiladi?

— Madaniy meros departamentining funksional vazifalari o‘zgaryapti. Va buning eng chiroyli jihati hamma meros ob’ektlari Madaniy meros departamenti balansidan chiqarilib, hududiy boshqarmalarga biriktirilyapti.

Masalan, departament balansida 7 mingdan ziyod ob’ekt bo‘lsa, bu ob’ektlar qayerdadir Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Prokuraturada, hokimiyatlar balansida ham mavjud bo‘lib kelgan. Tabiiyki, hokimiyat o‘z balansidagi madaniy ob’ektda xohlagan ishini qiladi: yoniga nimadir qurishi yoki buzishi mumkin.

Madaniy meros departamentining ham balansida ham madaniy ob’ektlar bormi degan savol tug‘iladi. Bu kabi muammolar ularda ham bor: madaniy meros ob’ektini ekspertiza asosida madaniy ob’ekt ro‘yxatidan chiqargan yoki yoniga nimadir qurgan.

Masalan, siz hokimsiz. Men esa Madaniy meros departamentiman va menda 10 ta xato bor. Hokim bitta xato qilmoqchi edi, lekin menga qarasa, bunday xatolardan allaqachon 10 tasini qilganman. «Sen qilyapsan, nega men qilmayman?» degan munosabat shakllangandi.

Endi esa departamentning balansida hech narsa qolmaydi va u inspeksiya sifatida faqat nazorat bilan shug‘ullanadi. Ana endi ularda bemalol har qanaqa balansda mavjud bo‘lgan madaniy ob’ektlarni nazorat qilib, kamchiliklarni aniqlaydigan tashkilotga aylandi. Unda ishlovchilar esa boshqalarni jarimaga tortish hisobiga oylik oladigan bo‘lishyapti. Demak, endi departament nazorat qilsagina hisobiga pul tushadi va kun ko‘radi.

— Siz shu lavozimga tayinlanganingizdan so‘ng ko‘pchilik shou-biznes vakillari ham tushunadigan odam lavozimga tayinlandi, deya xursand bo‘lishdi. Bizda bitta muammo bor: ayrimlar chet elga ketib qoladi va u yerda turib muammolarini aytadi. Umuman, shou-biznesdagi senzuraning chegarasi qayerda deb bilasiz.

— Bu chegara, albatta, milliy madaniyatda. Masalan, senzuraga tushgan aktyorlar, san’atkorlarning sahnaga kiyib chiqayotgan kiyimlari, o‘zini tutishi qonunchilik va demokratiya nuqtai nazaridan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Biroq ular ota-ona, farzand uchun mumkinmi, degan savolni berib ko‘rishlari lozim. Albatta, ma’naviyat tushunchasi hamma uchun har xil ma’no anglatishini ham unutmasligimiz zarur.

— Savolni ozgina boshqacha qo‘yaman. Xonandalar orasida chet elda o‘z san’atini davom ettirayotgan va ruxsat berilsa, O‘zbekistonga qaytishni xohlaydiganlari ham bor. Madaniyat vazirligi ularni himoya qilib O‘zbekistonga qaytarishi mumkinmi?

— Marhamat, agar bizga murojaat bilan chiqishsa, hech qanaqa muammo yo‘q. Hozir san’at sohasida taqiqlar yo‘q. Agar ular Madaniyat vazirligiga murojaat qilishsa, biz, albatta, yordam beramiz. Bu ishni biz qilmasak, yana kim qilishi mumkin.

Ilyos Safarov suhbatlashdi.
Ozodbek Nazarbekov, musiqa ta’limi, san’atkor




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 143
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 290
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 356
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 299
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar