“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 02:50
ЎЗO‘Z

Jizzaxda Spark yo‘ldan 100 metr nariga uchib tushdi, haydovchi esa oynadan otilib ketgan (video)

29 мая, 11:11 3 738 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda Spark yo‘ldan 100 metr nariga uchib tushdi, haydovchi esa oynadan otilib ketgan (video) Kadr: Jizzax viloyati IIB YHXB
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 27 may kuni Spark ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasining yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Jizzax viloyati IIB YHXB matbuot xizmati YTH haqida reportaj e’lon qildi.

1993 yilda tug‘ilgan H.A. boshqaruvidagi Spark Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 4R-35 Jizzax—Navbahor avtomobil yo‘lining 13-kilometrida ketayotganida mashinaning oldingi o‘ng shinasidan havo chiqib ketishi oqibatida haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ekin dala maydoniga ag‘darilib ketgan.

Reportajda aytilishicha, haydovchining tezligi katta bo‘lgan. Mashina borib tushgan ekin dalasi avtomobil yo‘lidan taxminan 100 metr narida bo‘lib, o‘rtada zovur ham bo‘lgan. Avtomobil ekin maydonigacha havoda uchib borgan.

pic.twitter.com/YTqM77Qvi9

— Shukhrat (@bankir2102) May 29, 2020

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtomobil ekin dalasiga kelib tushguncha havoda bir marta aylangan. Odamlar yordamga yetib kelgan vaqtida haydovchini mashina ichidan topolmagan. Haydovchi mashina havodaligida oynadan chiqib ketib, zovurning narigi tomoniga tushgan. YTH oqibatida 27 yoshli haydovchi voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 135
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 34
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 219
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 88
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 34
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar