“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 02:40
ЎЗO‘Z

AQSH — Rossiya — Saudiya Arabistoni Kim-kimning burnini yerga ishqayapti? (Ikkinchi qism)

29 мая, 08:00 3 625 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH — Rossiya — Saudiya Arabistoni Kim-kimning burnini yerga ishqayapti? (Ikkinchi qism) “OPЕKning mart oyidagi yig‘ilishidan oldin saudiyaliklar koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotini qanday ahvolga solayotganini ko‘rib, neft qazib chiqaruvchi mamlakatlar, jumladan, Rossiyaga ham “qora oltin“ chiqarish hajmlarini sezilarli darajada kamaytirishni taklif etdi. Ammo ruslar OPЕK davlatlari o‘rtasida qazib chiqarishni kuniga bir yarim million tonnagacha qisqartirish bo‘yicha kelishuv mavjud bo‘lishiga qaramay, bu taklifni rad etishdi. Ular nafaqat qazib chiqarishni qisqartirishdan bosh tortishdi, balki bu hajmlarni oshirishlarini e’lon qilishdi. Bu Amerika slanets tarmog‘ining bozordagi ulushini tortib olishga bo‘lgan yaqqol urinish edi“, — deya mulohaza yuritadi muallif.

Feddis hatto Moskvaning o‘zi narxlar urushini boshlagani va qattiq qoqilganini qat’iy tasdiqlaydi. Sababi saudiyaliklar ham ularga o‘zlari kabi neft qazish va bozorga chiqarish hajmlarini oshirish yo‘li bilan javob qaytarishdi.

“Saudiyaliklar Putinning provokatsiyasiga uchishmadi va oqibatda Rossiya katta yo‘qotishlarga uchradi“, — davom etadi sobiq razvedkachi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga bozor metodlari asosida javob berishga qodir bo‘lmagani uchun Moskva yana eski usuliga murojaat etdi — propaganda.

Sobiq MRBchining fikricha, bu ham ruslarga foyda keltirmaydi. U hatto bu borada prognozlarini ham bildirib o‘tadi. U Rossiyaning bunday "tashviqot-targ‘ibot mashinasi" uning Yaqin Sharqdagi siyosatiga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydi.

“Pul mablag‘lari taqchilligini o‘zida his etayotgan Moskva Suriya va boshqa joylardagi qo‘shinlarini ta’minlay olmaydi. U Suriyadagi o‘z bazalarini saqlab qolishga bekorga urinishni boshlaydi, chunki buning uchun qilinadigan xarajatlarni borgan sari uning cho‘ntagi ko‘tarmay qoladi“, — deb yozadi Feddis.

Muallif, saudiyaliklarning neft qazib chiqarishni kamaytirishga oid taklifini boshida rad etgan Kreml keyinchalik bunga rozi bo‘lgani, hatto qazib chiqarishni jiddiy kamaytirishni bo‘yniga olgani haqida yana bir bor to‘xtalar, bular endi befoyda ekanligini qayd etadi. Chunki uning fikricha, poyezd o‘tib ketgan, mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazib bo‘lingan edi.

“Butun Rossiya bo‘ylab neft quduqlari nafaqat yopilyapti, balki muhrlanmoqda. Ehtimoli bilan, abadiyga“, — deyiladi maqolada.

O‘z navbatida Feddis AQSHning Belarusga neft yetkazib berishini g‘urur bilan tarixiy voqea deb ataydi.

Uning aytishicha, bu sobiq ittifoq satelliti ustidan o‘z hukmronligini saqlab qolishga urinayotgan Putinga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqiriqdir.
Feddis butun olam Rossiya keltirib chiqargan juda qisqa va shiddatli iqtisodiy urushga guvoh bo‘lgani, lekin bu urush Rossiyaning o‘ziga choh qazigani, neft strategiyasini boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yganini ta’kidlab o‘tgan.

“Bizning saudiyalik ittifoqchilarimiz shunchaki ulardan qo‘ltig‘ini yuvib qo‘ltig‘iga urishdi. Amerikaning neft qazib chiqarish tarmog‘i esa hamon kuchli. Biz energetika mustaqilligiga egamiz. Shunga yarasha endi Rossiyaning ostonasida Rossiyaning neft eksportiga zarba beryapmiz“, — deb yozadi u.

Bu bilan u qanday yaxshi razvedkachi bo‘lgan bo‘lsa, shunday yaxshi “jurnalist“ ekanligini ham ko‘rsatib qo‘ygandek. Chunki uning maqolasidagi o‘tkirlik va propaganda Kremlning tashviqot siyosatidan aslo qolishmaydi. Bu shubhasiz.

Siz-chi, muallif fikriga qo‘shilasizmi yoki uni yuqori eshelon hokimiyat vakillarining adoqsiz o‘yinidagi bir o‘yinchoq deb hisoblaysizmi? (U deganda muallif ham, maqolani ham tushunish mumkin, tanlov ixtiyoriy, albatta).

Manba: Platforma.uz kanali




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 87
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 239
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 544
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 471
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar