“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 20:52
ЎЗO‘Z

Toshkentda koronavirusga chalingan 17 kishi tuzaldi. O‘zbekiston bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 2685 nafarga yetdi

28 мая, 17:17 1 995 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda koronavirusga chalingan 17 kishi tuzaldi. O‘zbekiston bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 2685 nafarga yetdi Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 21 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan bemor sog‘aydi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridan 1 nafardan bemor sog‘aydi.

Shunday qilib, Toshkentda shu paytga qadar 980 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 997 nafarga yetdi.

Bundan avval respublika bo‘yicha sog‘ayganlar soni 2668 nafarni tashkil etayotgandi. Endi esa ular soni 2685 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 28 may soat 10:00 holatiga ko‘ra 3396 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning 14 nafari infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 228
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi 29 mar, 19:49 2
  • Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi 29 mar, 19:29 35
  • Тошкентда одамлар гавжум жойлар кучайтирилган тартибда қўриқланмоқда 29 mar, 19:09 22
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 25
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 11
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 112
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 121
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 205
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 45
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 195
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 307
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 82
  • Bo‘limlar