“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:25
ЎЗO‘Z

Karantin sababli Rossiyadagi 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi

26 мая, 09:24 2 262 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin sababli Rossiyadagi 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi karantin cheklovlari sababli mazkur mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ularni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Razumovskiy nomidagi Rossiya texnologik universiteti, «MISiS» Milliy tadqiqot texnologik universiteti, Rossiya davlat turizm va xizmatlar universiteti, Moskva aviatsiya instituti, I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti, Rossiya transport universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Rossiya davlat xalqlar do‘stligi universiteti, «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universitetida ta’lim olayotgan 1000 nafardan ortiq talabaga oziq-ovqat yetkazib berilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur mamlakatda koronavirus sababli og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun «Mehr» loyihasini ishga tushirgandi. Mazkur loyiha doirasida og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar 1,2 million rubldan ortiq yordam puli olgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 0
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar