“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

26 мая, 08:30 2 392 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi. Bu haqda «Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorga muvofiq, respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich Yoshlar texnoparklari tashkil etiladi.

Hududlarda yoshlarning intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Texnoparklar Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligidagi hamda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Texnoparklar faoliyati vazirlik huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Texnoparklar bino va inshootlarini qurish, qayta ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Texnopark direktori tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining tavsiyasiga asosan innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Qaror bilan 2020—2023 yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga qilgan tashrifi davomida Digital City nomli yangi texnopark bilan tanishdi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 64
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 55
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 487
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 82
  • Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi 22 apr, 17:33 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar