“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:17
ЎЗO‘Z

Toshkentda «propiska»si yo‘qlar ham uy oldi-sotdisini notarial tasdiqlatishi mumkin bo‘ldi

26 мая, 07:58 2 857 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda «propiska»si yo‘qlar ham uy oldi-sotdisini notarial tasdiqlatishi mumkin bo‘ldi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga 2020 yil 22 may kuni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha. Prezident tomonidan imzolangan «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5984-son farmoni bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish bo‘yicha qator yangi tartibotlar belgilangan edi. Shunga ko‘ra, hukumatning propiska qilish tartibiga oid qaroriga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.

Qarorga ko‘ra, propiska qilish tartibiga oid amaldagi nizom 2020 yil 1 sentabrga qadar amal qiladi. Nizomning 66 va 67-bandlari mazkur qaror e’lon qilingan kun, ya’ni 2020 yil 22 may kunidan o‘z kuchini yo‘qotadi.

Ma’lumot uchun, nizomning 66 va 67-bandlarida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkda oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish majburiyati belgilangan.

Hukumatning mazkur qarori bilan O‘zbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Yangi nizom 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.

Nizomga ko‘ra, fuqaro yangi yashash joyiga kelgan kundan e’tiboran 15 kun ichida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (MvaFRB), Davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishi shart. Hozirgi kunda mazkur muddat 10 kunni tashkil qiladi.

DXMlar va YAIDXP orqali ro‘yxatning 1, 6 va 7-bandlariga mansub fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ro‘yxatning 1-bandiga qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kiradi. Ular xususiy mulk qilib olingan uy-joyga doimiy ro‘yxatga qo‘yiladi.

6-bandga Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar kiradi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda doimiy ro‘yxatga qo‘yiladi.

7-bandga Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolar kiradi. Ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda doimiy ro‘yxatga qo‘yiladi.

Doimiy ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi MvaFRBga murojaat qiladi va belgilangan hujjatlarni taqdim etadi. Fuqaro haqidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda tegishli ma’lumotlar bazalaridan tekshiriladi.

Murojaat qilingan kunning o‘zida fuqaroning pasportiga avvalgi doimiy ro‘yxatini bekor qilinganligi to‘g‘risida shtamp bosiladi va fuqaroning xohishiga ko‘ra doimiy ro‘yxatga olinganligi haqida QR-kod bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi. Ya’ni ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish uchun 1 kun talab etiladi. Hozirda bu muddat 3 kunni tashkil qiladi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 206
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar