“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:21
ЎЗO‘Z

Koronavirus sababli O‘zbekistonning transport kompaniyalari qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi

26 мая, 06:51 2 724 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus sababli O‘zbekistonning transport kompaniyalari qancha zarar ko‘rgani ma’lum qilindi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may, dushanba kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda transport aloqalari deyarli to‘xtab qoldi. Sohadagi kompaniyalar bundan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Masalan, birgina aviatsiya tarmog‘ida 2020 yil yakunigacha dunyo bo‘yicha 113 milliard dollar yo‘qotilishi taxmin qilinmoqda.

Mamlakat transport korxonalari karantin cheklovlari sababli hozirgacha 340 milliard so‘m zarar ko‘rgan. Epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha bu raqamlar yana oshishi aniq.

Shu bois sohada pandemiyaning ta’sirini yumshatish, korxonalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda. Karantindan eng ko‘p zarar ko‘radigan Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlarining 122 million dollar kreditlari to‘lov muddatlari uzaytirildi, 60 milliard so‘mlik soliq imtiyozlari taqdim etildi. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 50 million dollar miqdorida aylanma mablag‘ sifatida foizsiz ssudalar ajratildi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 234
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 54
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 150
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 55
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar