“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2020, 17:45
ЎЗO‘Z

1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

25 мая, 18:30 3 703 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? O‘zbekistonda 2020 yil 1 iyundan boshlab kutilayotgan ayrim o‘zgarishlarni havola etamiz.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan soliq imtiyozlari kuchga kiradi
Prezidentning «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan 2020 yilning 1 iyunidan boshlab kichik tadbirkorlik sub’ektlari, bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Imtiyoz 1 sentabrigacha bo‘lgan davr uchun amal qiladi.

Tibbiyot muassasalarida fitobarlar tashkil etiladi
Prezidentning «Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq (ovul) vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etiladi.

Import qilinadigan chilim uchun tamakiga aksiz solig‘i to‘lanadi
Prezident qarori bilan import qilinadigan qizdiriladigan tamaki mahsulotlari, chekiladigan, chaynaladigan, hidlanadigan, shimiladigan (snyus), nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklarga ham aksiz solig‘i kiritiladi.

Yuridik shaxslarni birja a’zolari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlanadi
Hukumat qaroriga asosan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- tovar segmentlari bo‘yicha birja savdolari mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib va birja a’zolariga foydalanish huquqini bergan holda alohida seksiyalarda o‘tkaziladi;
- mahsulotni seksiya tamoyili bo‘yicha sotishni ta’minlash va brokerlik o‘rinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish bo‘yicha shaffof mexanizmni inobatga olgan holda, yuridik shaxslar birja a’zolari sifatida akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
- birja savdosi qoidalari talablariga muvofiqligi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi birja a’zolarining malaka darajasi har 3 yilda muntazam aniqlanadi.

Mahalliy eksport qiluvchilarning yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplanadi
Farmonga binoan, mahalliy eksport qiluvchilarga yuklarni avtomobil va havo transporti orqali eksport qilish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplash, shuningdek, tadbirkorlarning infratuzilma barpo etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi uchun kompensatsiya to‘lash mexanizmlari joriy etiladi.

Induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qo‘llash taqiqlanadi
Bunda qurilishdan boshqa maqsadlar uchun metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va qo‘llashda induksion pechlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Tadbirkorlik sub’ektlariga litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishni rad etish sabablari qisqartiriladi
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, 2020 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishda kadrlarning professional malakasi, taqdim etilgan hujjatlar va dasturlarning qonun hujjatlarida belgilangan talablarga, bino va inshootlarning sanitariya-epidemiologik talablarga va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi sababli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident farmoni: Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 27 apr, 21:10
  • Prezident farmoni: Ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni oshiriladi 19 mar, 23:50
  • O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lash tartibi va miqdori 01 mar, 14:06
  • 1 fevraldan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qancha? 31 yanv, 16:30
  • 1 fevraldan ish haqi va pensiyalar 7 foizga oshadi 31 dek, 10:49
  • Yosh bolali oilalarga moddiy yordam beriladimi? Bu qanday tartibda amalga oshiriladi? 02 mar, 18:11
  • So'nggi yangiliklar
  • "Paxtakor" - AGMK uchrashuvi kelishilgan edimi? 16 iyul, 17:30 0
  • Rostovliklarning bor umidi Eldordan! 16 iyul, 17:13 1
  • O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimi o‘ldimi? 16 iyul, 16:58 1
  • Nurmagomedov otasining vafotidan so‘ng ilk bor super jangda qatnashadi 16 iyul, 16:53 1
  • Turkmaniston prezidenti niqob taqib baliq oviga chiqdi (foto, video) 16 iyul, 16:31 2
  • Ozarboyjon va Armaniston chegarasida yana to‘qnashuvlar boshlandi 16 iyul, 16:10 5
  • Dorixonadagi mojaro tafsilotlari ma’lum qilindi (video) 16 iyul, 15:47 136
  • AQSH va Xitoy raqobati: ikkinchi «sovuq urush»da kim g‘olib bo‘ladi? 16 iyul, 15:25 52
  • 17 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda? 16 iyul, 15:02 302
  • Ukrainalik teleboshlovchining old tishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir vaqtida tushib qoldi (video) 16 iyul, 14:43 195
  • Karantin sabab ota 35 million so‘m to‘ladi 16 iyul, 14:26 383
  • Reper Kane Uest AQSH prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olindi 16 iyul, 14:03 224
  • Bo‘limlar