“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 02:54
ЎЗO‘Z

Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylandi

25 мая, 15:28 2 658 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylandi Chernogoriyada koronavirusga chalingan barcha bemorlar to‘liq sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, Chernogoriya pandemiyani yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Milo Jukanovich o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Jukanovichning ta’kidlashicha, Podgoritsadagi Jamoat salomatligi instituti 20 kundan beri kasallikka chalinish bo‘yicha birorta yangi holatni qayd etmagan.

«Kasallar soni nol! Davlat organlari va butun jamiyat ushbu muammoni hal etish borasida yuqori darajadagi mas’uliyatni namoyish etdi, sog‘liqni saqlash tizimimiz esa to‘g‘ri tashkil etilgani, o‘z ishiga sodiq va loyiq ekanligini ko‘rsatdi», — deydi prezident.

Uning qo‘shimcha qilishicha, endilikda mamlakat pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarga qarshi kurashni davom ettirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Chernogoriyada koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk holat 17 mart kuni aniqlangandi. Butun mamlakat bo‘ylab 324 kishi koronavirusga chalingan va to‘qqiz kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 244
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 411
  • So'nggi yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 0
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 20
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 136
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 81
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 165
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 33
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 67
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 90
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 56
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 138
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 57
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 227
  • Bo‘limlar