“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:05
ЎЗO‘Z

Sukerberg ikki oyda 31,4 mlrd. dollar ishlab olib, bo‘lajak trillionerni ortda qoldirib ketdi

25 мая, 10:00 2 869 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sukerberg ikki oyda 31,4 mlrd. dollar ishlab olib, bo‘lajak trillionerni ortda qoldirib ketdi Joriy yilning 23 martidan 22 mayiga qadar dunyo reytingida dastlabki 25 ta o‘rinni egallagan milliarderlar 255 mlrd. dollar ishlab topgan. Forbes shu orqali pandemiya paytida o‘z “mijozlari“ning ahvolini o‘rganib chiqqan.

Ularning ichida Facebook asoschisi Mark Sukerberg hammani ortda qoldirib ketgan. Mark ikki oy ichida 31,4 mlrd. dollar ishlab topdi va jami sarmoyasi 86,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, shu vaqt ichida Facebook aksiyalari narxi qariyb 60 foiz qimmatlashib, 22 mayga kelib rekord darajagacha ko‘tarilgan. Shunday qilib Sukerberg may oyiga kelib reytingda to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Aprel oyida u 7-pog‘onada turgandi.

Amazon bosh direktori Jeff Bezos bu borada ikkinchi bo‘ldi. U 29,9 mlrd. dollar topib, sarmoyasini 146,9 mlrd. dollargacha yetkazib olgan. Chunki bu davrda kompaniya aksiyalari qiymati 29 foiz qimmatlashgan.

Ayni paytda dunyo milliarderlari ro‘yxatini ham aynan Bezos boshqarib turibdi. Prognozlarga ko‘ra, aynan Bezos 2026 yilga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi ham mumkin. O‘shanda u 62 yoshga to‘lgan bo‘ladi. Bu haqda Comparisun tadqiqot platformasi xabar bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 267
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar