“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 01:10
ЎЗO‘Z

Mahalladan nafaqa olish “shapka”siz bitmaydimi? yoxud qo‘lga tushgan mahalla raisi haqida

23 мая, 09:57 4 082 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mahalladan nafaqa olish “shapka”siz bitmaydimi? yoxud qo‘lga tushgan mahalla raisi haqida T.Asadov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan), 1963 yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tavallud topgan, 3 nafar farzandning otasi, Xatirchi tuman “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlab kelgan, yana 3 yil halol mehnat qilganida hurmat e’tibor bilan pensiyaga chiqardi, biroq, T.Asadovning nafsi bunga yo‘l qo‘ymadi.

T.Asadov 2019 yilning may oyidan Xatirchi tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, ayni bir paytda mahallada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha komissiya raisi lavozimida ishlab kelib, o‘zini-o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi hisoblanib, fuqarolar yig‘ini mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etish, kam ta’minlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning, shuningdek, tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash to‘g‘risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshirish, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish kabi vakolatlar berilganligidan foydalanib, shu mahallada yashovchi fuqaro Q.Shokirov (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) 2 yoshga to‘lmagan farzandiga nafaqa puli tayinlash to‘g‘risida murojaat qilganida, 350.000 so‘m pulni “pora” tariqasida bergan taqdirda, unga nafaqa pulini tayinlash mumkinligi ma’lum qiladi.

Fuqaro Q.Shokirov o‘zi nafaqa puliga muhtoj bo‘lib turgan bir vaqtda, mahalla raisining ta’magirligi oshib tushadi, natijada Q.Shokirov mahalla raisining harakatiga chek qo‘yish maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishga ahd qilib, uning murojaati asosida 2020 yil 6 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, T.Asadov Xatirchi tuman pochta aloqa tarmog‘i binosi oldida kimyoviy ishlov berilgan 350.000 so‘m pullarni ta’magirlik yo‘li bilan Q.Shokirovdan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.

T.Asadovning jinoyat ishi 2020 yil 6 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Sudda T.Asadov, Q.Shokirovdan 350.000 so‘m pullarni olib, 2020 yil yanvar oyidan boshlab nafaqa puli tayinlab bermoqchi bo‘lganini tan oldi.

Sud tomonidan T.Asadovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan Jinoyat kodeksining
57-moddasini qo‘llanib, 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi va Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan 1 yil 6 oyga mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
A.Ibodov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 71
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 37
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 224
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 230
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 0
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 0
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 1
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 49
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 22
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 27
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 56
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 71
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 154
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 111
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 60
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 160
  • Bo‘limlar