“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:17
ЎЗO‘Z

Dunyoga mashhur virusolog: «Vaqt o‘tishi bilan koronavirus mavsumiy kasallikka aylanib qolishi mumkin»

23 мая, 16:00 2 638 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoga mashhur virusolog: «Vaqt o‘tishi bilan koronavirus mavsumiy kasallikka aylanib qolishi mumkin» Dunyoga mashhur italiyalik virusolog Julio Tarro koronavirus pandemiyasi qanday asoratlar bilan tugashi bilan bog‘liq uchta variantni ilgari surdi. «Koronavirus Ebola emas, u uchun vaksina talab etilmaydi. Sog‘liqni saqlash tizimi esa intensiv terapiya bo‘linmalarini ikki barobar qisqartirib yuborganlarning aybi bilan inqirozni boshdan kechirmoqda.

Aftidan, koronavirusga qarshi vaksinani kutish ham befoyda. Chunki agar virusda rostdan ham xitoy va padancha kabi turli ko‘rinishlar mavjud bo‘lsa, u holda har ikkisi uchun ham samara beradigan vaksinani yaratish juda qiyin. Bu xuddi vaksinalar grippga qarshi universal samara bera olmasligiga o‘xshaydi.

Bugun odamlar internet orqali ma’lumotlarni izlayapti, men esa hozirgi yoshimda va tajribamning yuqoriligi bois bundan uzoqroq yurishga harakat qilaman. Men Neapolda vabo vibrionini yaratganman, OITS epidemiyasiga qarshi kurashganman va Neapolda bronxitdan aziyat chekkan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘lim darajasini ko‘paytirib yuborgan qora ofat ustidan g‘alaba qozonganman».

Italiyaning axborot bo‘yicha strategiyasi ham ishonarli emas, deb hisoblaydi u: “Vahima — stress o‘chog‘i, stress esa paradoks tarzida immunitet himoyasi pasayishiga olib keladi. Bu barcha ekspertlarga ma’lum va biz Fuqaro mudofaasi berayotgan mazkur befoyda raqamlarni kuzatib boryapmiz. Bu ma’lumotlar aslida hech narsani anglatmaydi: biz kasallanganlarning aniq sonini bilmaymiz, boz ustiga yuqori darajadagi o‘lim holatlariga duch kelmoqdamiz.

Agar biz qator ingliz tadqiqotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aslida virusga chalinganlar soni ancha ko‘p ekanligining guvohiga aylanamiz: Oksford universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bu barcha aholining 60-64 foizidir; Imperiya kolleji bu kamida 6 mln. kishi ekanligini bildirgan. Ushbu baholarga ko‘ra, o‘lim darajasi juda sezilarli darajada kamayadi. O‘ylashimcha, biz ham Xitoy kabi bu borada 1 foizlik ko‘rsatkichni qayd etamiz”.

Julio Tarro aytayotgan koronavirus pandemiyasi tugashi bilan bog‘liq 3 varinat: 1. Kasallik ilk atipik pnevmoniya kabi umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkin; 2. Yaqin Sharq respiratorlik sindromi kabi yana paydo bo‘lishi mumkin; 3. Parranda grippi kabi mavsumiy kasallikka aylanishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 0
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 1
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar