“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 00:21
ЎЗO‘Z

“Zo’r” ko‘rsatuvlar joningizga tegmadimi?

23 мая, 16:30 6 106 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Zo’r” ko‘rsatuvlar joningizga tegmadimi? Bugun televideniye reytingida xususiy kanallar yetakchilik qilayotgani sir emas. Ammo ulardagi ayrim ko‘rsatuvlar mohiyati ma’naviyatimiz, milliy mentalitetimizga yot ekani ko‘pchilikni tashvishlantirmay qo‘ydi. Savol tug‘iladi: oldi-qochdi ko‘rsatuvlar bilan tomoshabin e’tiborini jalb qilishdan kanal ma’muriyatiga nima naf?

Zo’r TV kanalida efirga uzatiladgan “Hello Africa” va “Aldama meni” kabi ko‘rsatuvlar ko‘pchilikning joniga tekkani rost. Shu bois “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida tomoshabinlar Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovdan madaniyatsizlik va bema’nilikni targ‘ib qiluvchi bu kabi shoular ustidan nazorat o‘rnatishni so‘rashgan.

Boshlovchilar saviyasi, muloqotda foydalangan so‘zlari va hatti-harakati kishi ta’bini xira qilsa, ko‘rsatuv davomida tirik jonivorlardan foydalanish, ularni ko‘ngilochar shartlarning bir predmeti sifatida ko‘rish dilxiralikni ikki hissa oshiradi. Biz farzandlarimizga chumoliga ham ozor bermaslikni o‘rgatsak-u, ular soatlab axmoqona dasturlar bilan zaharlansa, dodimizni kimga aytamiz? To‘g‘ri, “Yoqmasa, bolangni bunday ko‘rsatuvlarni ko‘rishdan chegaralab qo‘y”, deguvchilar ham topiladi. Biz-ku farzandimizga bunday chegarani qo‘yarmiz, ammo bunday axmoqona ko‘rsatuvlarni ommaga “ilinayotgan”larni kim chegaralaydi?

Rivojlangan mamlakatlarda bolalarga sifatli mazmundagi OAVni tanlash uchun boshlang‘ich sinflardayoq mediasavodxonlik darslari o‘tiladi. Bu amaliyotni biz ham o‘rganmasak, kelajagimizni qutqarishga kech qolamiz, shekilli. Siz nima deysiz, fikrdosh?

Manba: fikrat.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 141
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 273
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 353
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 298
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 1
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 137
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 17
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 449
  • Bo‘limlar