“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:58
ЎЗO‘Z

Tramp koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa AQSHni yopishdan bosh tortdi

23 мая, 09:30 2 971 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa AQSHni yopishdan bosh tortdi Foto: Leah Millis / Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp agar kuzda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa, hukumat qat’iy cheklovlar kiritmasligini va mamlakatni yopmasligini [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzIyL3RyYW1wLWtvcm9uYXZpcnVzbmluZy1pa2tpbmNoaS10b2xxaW5pLXl1ei1iZXJndWRlay1ib2xzYS1hcXNobmkteW9waXNoZGFuLWJvc2gtdG9ydGRp]ma’lum qildi[/leech].
Tramp bu haqda jurnalistlar bilan uchrashuv davomida ma’lum qilgan, deb xabar berdi The Hill nashri.

AQSH prezidentining ta’kidlashicha, koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli yuqori. “Bu standart. Biz olovni o‘chirmoqchimiz. Biz mamlakatni boshqa yopmoqchi emasmiz”, deb aytgan prezident.

Tramp, shuningdek, mamlakat infeksiyaning keyingi avj olishini bosa olishiga ishonchi komilligini aytgan. “Bu cho‘g‘lanib turgan ko‘mir yoki olov bo‘ladimi, biz uni o‘chiramiz, ammo mamlakatimizni yopmaymiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.

Aprelda AQSHning bir nechta shtatlari koronavirus pandemiyasi sharoitida mislsiz qadamlarni amalga oshirib, o‘z chegaralarida nazorat punktlari o‘rnatgan va o‘z hududlarini deyarli yopishgan. Misol uchun, Florida va Texasda patrullar ushbu shtatlarda yashamaydigan amerikaliklardan tashrif vaqtida 14 kunlik karantindan o‘tish majburiyatini imzolash va ular to‘xtamoqchi bo‘lgan joy manzilini berishni talab qilishgan.

Joriy haftada AQSHning barcha shtatlari koronavirus sababli kiritilgan barcha cheklovlarni yengillashtirishga tayyorlik bildirgan. Ba’zi korxonalarga odamlar ish joylariga qayta olishlari uchun ishlab chiqarishni boshlashga ruxsat berilgan. Ushbu qarorlar Arizona, Shimoliy Karolina, Texasda kasallanish holatlari ko‘payganiga qaramay qabul qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 2
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar