“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 20:53
ЎЗO‘Z

Navoiyda aholi orasida koronavirusga chalinishlar soni ortib borayotgani ma’lum qilindi

22 мая, 23:23 2 903 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navoiyda aholi orasida koronavirusga chalinishlar soni ortib borayotgani ma’lum qilindi O‘zbekistonda 22 may kun davomida 61 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan 39 nafari aholi orasida qayd etilgan, shundan 24 kishi Samarqand, 15 kishi esa Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Ayni paytda Navoiy viloyatida 66 nafar koronavirusga chalingan bemor qayd etilib, ularning barchasi ushbu hududda kasallikka chalingan, ularning orasida xorijdan kelganlar yo‘q. Shundan 2 nafari sog‘aygan bo‘lsa, qolgan 64 nafari davolanmoqda.

Ta’kidlanishicha, Navoiy viloyati bor yo‘g‘i uch foiz sog‘ayish ko‘rsatkichi bilan kasallikdan davolanish bo‘yicha mamlakatda eng so‘nggi o‘rinda bormoqda. Mamlakatdagi sog‘ayish ko‘rsatkichi esa 81 foizdan oshgan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, karantin qoidalariga qat’iy rioya etilmaganligi oqibatida viloyatda so‘nggi ikki haftada kasallikka chalinganlar soni keskin oshdi. Misol uchun, 20 may kuni 17 nafar, 21 may kuni 5 nafar kasal qayd etilgan bo‘lsa, 22 may soat 10:00 holati bo‘yicha yana 15 nafar fuqaroda kasallik tasdiqlanib, viloyatda so‘nggi uch kunda virusni yuqtirganlar 37 nafarga ko‘paydi. Kasallik tarqalishining asosiy o‘chog‘i Zarafshon shahri bo‘lib turibdi.

Shundan kelib chiqqan holda, Navoiy viloyati, shuningdek, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar aniqlanayotgan boshqa hududlarda karantin qoidalarini kuchaytirish, Milliy gvardiya, Mudofaa va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda mahalliy hokimlik vakillari bilan birgalikda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bemorlarni samarali davolash hamda karantindagi fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olishni yanada samarali yo‘lga qo‘yish borasida izchil faoliyat olib borilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor aholidan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishni so‘ragan. Shuningdek, Ramazon hayiti bayrami kunida guruh-guruh bo‘lib, xonadonma-xonadon yurishlarni cheklash, turli marosimlarni o‘tkazmaslik ham so‘ralgan.

O‘zbekistonda 22 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 22 kishiga ko‘payib, 3028 nafarga yetdi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. Kasallikdan tuzalganlar soni esa 2492 kishiga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 4
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 111
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 91
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 77
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 3
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 43
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 63
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 72
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 232
  • Bo‘limlar