“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:39
ЎЗO‘Z

Tojikistonda bemorlar tuzala boshladi, Qozog‘iston karantindan chiqmoqda

22 мая, 09:00 3 208 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikistonda bemorlar tuzala boshladi, Qozog‘iston karantindan chiqmoqda So‘nggi bir kunda Tojikistonda 210 kishida koronavirus aniqlandi va mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari soni 2 350taga yetdi. Qozog‘istonda esa koronavirusga chalinganlar soni 7 mingdan oshgan.

21 may kuni Tojikistonda 3 kishi koronavirus sabab vafot etgan va kasallik qurbonlari soni 44 nafarni tashkil qilmoqda. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi hisoblanadi.

20 maydan boshlab Tojikistonda koronavirus bemorlari tuzalishni boshladi. Shu kuni 470 bemor tuzalgan bo‘lsa, 21 may kuni virusdan tuzalganlar soni 1 008 nafarga yetdi. Ayni damda virus yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lgan 3 592 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

23 apreldan buyon omma oldida ko‘rinish bermayotgan prezident Imomali Rahmon OAVda yana ko‘rinish berdi. U Dushanbe meri hisoblangan o‘g‘li Rustam Imomali bilan birga poytaxtdagi vaqtincha kasalxona vazifasini o‘taydigan ob’ektlarni borib ko‘rdi. Prezident binolarni himoya niqobida ko‘zdan kechirdi.

Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 7 234 nafarga yetdi. So‘nggi bir kunda mamlakatda 265 kishida virus aniqlandi. Virusdan tuzalganlar soni esa 3 843 nafarni tashkil etmoqda. Eng ko‘p kasallanish holati Olma-Ota (1 966) va Nur-Sultonda (1 403) qayd etilgan.

Bugun Qozog‘istonga Qatardan gumanitar yordam olib kelindi. 8,5 tonna miqdordagi yordam tibbiyot vositalaridan iborat bo‘lgani va u shaxsan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad topshirig‘i bilan yuborilgani ma’lum qilindi.

Qozog‘istonda 21 may kuni ikki kishi jonlantirish bo‘limidan oddiy palataga o‘tkazildi. Umumiy hisobda 112 kishi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgach, ahvoli yaxshilanib oddiy palataga qaytarilgan.

Mamlakatda karantin choralarini yumshatish davom ettirildi. 25 may kunidan Olma-Otada kafe va restoranlarni ochish boshlanadi. Ovqatlanish shoxobchalarida karantin qoidalariga to‘liq rioya qilish talab etiladi. Bitta stolda ko‘pi bilan to‘rt kishi o‘tirishi mumkin. Stollar orasi esa kamida 2 metr bo‘lishi belgilangan. Ish vaqti soat 23:00gacha. Shuningdek, shahardagi barcha mehmonxonalar ochilgan.

Sharqiy-Qozog‘iston viloyatida 23 maydan bolalar bog‘chalari faoliyati tiklanadi. Olma-Otada bugundan sartaroshxona va go‘zallik salonlari ham ishlashni boshladi. Ular sanitar talablariga javob berishi va infoalmaty.kz saytida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Qozog‘istonda karantin qoidalarini buzganlik uchun jazodan rasmiylar ham qutula olmayapti. Olma-Ota hududiga kiruvchi Panfilovo tumani prokurori Sayan Shalgimbayev saunada do‘stlari bilan dam olayotgani tasvirlangan video internetda tarqaldi. Kadrda Kerbulak tumani sud raisi ham ko‘ringan. Ularning ikkisi ham ishdan bo‘shatilgani aytilmoqda.

Qirg‘izistonda 21 may kuni 43 kishida koronavirus aniqlandi va kasallik yuqtirganlar soni 1 313 kishiga yetdi. Kun davomida 19 kishi tuzaldi. Pandemiya boshlangandan buyon 929 kishi koronavirusdan tuzaldi. Ayni damda 370 kishi davolanmoqda va ularning 5 nafari og‘ir avholda ekani aytilgan. Shu vaqtgacha Qirg‘izistonda 14 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi.

Mamlakat poytaxti Bishkekda 25 maydan sportzallar, trenajyor va basseynlar faoliyati tiklanishi ma’lum qilindi. Ammo kontaktli sport turlari bilan (futbol, basketbol, kurash turlari, boks) shug‘ullanuvchilar faoliyati hozircha tiklanmaydi.

Markaziy Osiyoning yana bir davlati Turkmanistonda hamon rasman koronavirusdan zararlanish holatlari tasdiqlanmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 2
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 57
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 266
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 433
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 494
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar