“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 22:43
ЎЗO‘Z

Aliya Yunusova: Qo‘pol qilmishlar karantin bilan xaspo‘shlanmasligi kerak

22 мая, 08:37 2 479 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aliya Yunusova: Qo‘pol qilmishlar karantin bilan xaspo‘shlanmasligi kerak Ijtimoiy tarmoqlar ikki yosh yigitchaning aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, tahqirlagan holat aks etgan lavha, shuningdek ularning qilmishiga berilgan jazo xususidagi xabarlardan voqifsiz.

Jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama qilinayotgan mazkur voqelikka Oliy Majlisning bola huquqlari bo‘yicha Vakili Aliya Yunusova ham munosabat bildirdi.

«Aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, uni tahqirlagan ikki nafar o‘smirga berilgan jazo meni hayron qoldirdi, — deya alohida ta’kid etadi Aliya Yunusova. — Bunday holatlarda aslida jazo insonning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaganligi uchun belgilanishi kerak. Bu vaziyatda esa qonunbuzarlik qilgan o‘smirlarning asosiy qilmishi bir chetda qolib, ular «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) uchun va 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan jazolangan. Boshqacha aytganda, qo‘pol qilmish karantin bilan xaspo‘shlangan. Vaholanki, bunga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Qilmish uchun yetarli jazo berilmasligi ushbu holatlarning ko‘payishiga olib keladi... »

Shuningdek, A. Yunusova zo‘ravon bolakaylar ulg‘ayotgan oilaviy muhitga e’tibor qaratish lozimligini ham bildiradi: «...Bu kabi voqealar dono xalqimizning «qush uyasida ko‘rganini qiladi», degan maqolini ham yodga soladi. Hali voyaga yetmay turib shafqatsizlik qilishga jazm etgan, birovning izza bo‘lishidan huzurlangan bolalar qanday muhitda katta bo‘lgani kishini o‘ylantiradi.

Chunki mehr ko‘rib o‘sgan, to‘g‘ri tarbiya olgan bola bunday ishlarni qilishga hech qachon botinmaydi... Bir qarashda bizda bola huquqlari himoyasi bilan bog‘liq munosabatlar to‘laqonli tartibga solingandek. Ammo inson huquqlari, ayniqsa, bola huquqlari sohasi shunday tizimki, davr va vaqt o‘tgan sari yangi-yangi o‘zgarishlar, qo‘shimchalar kiritilmasa, huquqni ro‘yobga chiqarishda muammolar yuzaga kelaveradi
».

«Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunda bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish kabi choralar belgilangan. Shu bilan birga, davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishi shart. Shu nuqtai nazardan bola huquqlarini ta’minlash choralarini kuchaytirish bilan birga, bu huquqlarni bolalarga, ota-onalarga ham chuqurroq tushuntirish zarurati bor», deya so‘ziga yakun yasagan A. Yunusova.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 61
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 80
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 205
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 310
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 33
  • Bo‘limlar