“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:42
ЎЗO‘Z

Shohjahon Ergashev davolanmoqda! Ahvoli qanday?

22 мая, 00:30 5 085 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shohjahon Ergashev davolanmoqda! Ahvoli qanday? Professional boksda yengilmay kelayotgan Shohjahon Ergashev, Sports.uz sayti muxbiriga, hozirda nimalar bilan band ekani, karantin sabab o‘zgargan rejalari, promouterlik kompaniyasi faoliyati va oldinda turgan maqsadlari haqida quyidagilarni gapirib [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9zcG9ydHMudXovbmV3cy92aWV3L3Nob2hqYWhvbi1lcmdhc2hldi1kYXZvbGFubW9xZGEtYWh2b2xpLXFhbmRheS0yMS0wNS0yMDIw]berdi[/leech].

– Hozirda uyda oilam bag‘ridaman. Pandemiya sabab yuzaga kelgan karantin holati, qaysidir ma’noda menga salomatligimni yanada yaxshilashga, oila a’zolarim bilan ko‘proq birga bo‘lishga va dam olishim uchun qulay sharoit yaratdi. Xabaringiz bor, o‘tgan 3 yil mobaynida ko‘plab janglar o‘tkazdim. Shu sababli ham sog‘liqni mustahkamlash va eski jarohatlarni davolash uchun vaqtim bo‘lmagandi. Hozir esa ulardan qutilish uchun qulay imkoniyat paydo bo‘ldi hamda men bundan unumli foydalanyapman. Vaqtinchalik qiyin mashg‘ulotlarni o‘tkazmayapman. Faqatgina yuguryapman.

Pandemiya sabab barcha sportchilar kabi mening ham rejalarim o‘zgarib ketdi. Avvalo 9 may kunidagi jangim qoldirildi. Shuningdek, "Shohjahon Promotions" nomli promouterlik kompaniyamiz nomidan ringga ko‘tarilishi kerak bo‘lgan bir necha bokschilarning ham janglari qoldirildi. Ammo, promouterlik kompaniyamiz faoliyati to‘xtagani yo‘q. Nasib qilsa, Sochi shahrida iyun oyining oxirlarida o‘tadigan boks kechasida sportchilarimiz ishtirok etishi kutilyapti.

Oldinda rejalar ko‘p. Avvalo shu yil uylanib, oilam bilan Amerikaga uchib ketaman. Amerikada yashab, ingliz tilini mukammal o‘rganib, jahon chempionlari bilan birgalikda mashg‘ulotlarni olib bormas ekanman, chempionlik kamarini qo‘lga kiritishim qiyinlashaveradi. Nasib qilsa, jahon chempionlik kamari bilan yurtimizga qaytaman.

Fursatdan foydalanib, meni qo‘llab kelayotgan xalqimizga va biz sportchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratib berayotgan Prezidentimizga minnatdorchilik bildirmoqdaman.
Shohjahon Ergashev, karantin, boks




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 188
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 103
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 217
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 338
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar