“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:25
ЎЗO‘Z

Aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, o‘zlariga «sig‘intirgan» zo‘ravonlar kim?

20 мая, 22:00 2 801 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, o‘zlariga «sig‘intirgan» zo‘ravonlar kim? Videodan lavhalar
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan aqli zaif bolani tiz cho‘ktirib, o‘zlariga «sig‘intirgan» va «tomosha» oxirida uni urib-tepgan ikki nafar o‘smirning shaxsiga ham, voqelikka ham aniqlik kiritildi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, zo‘ravonlar o‘z vaqtida ayni qilmishi uchun javobgarlikka tortilgan.

Zo‘ravonlar kim?

1. Xaytmuhamedov Davron Dilmurod o‘g‘li, 2002 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2. Ismatillayev Otabek Abdulla o‘g‘li, 2003 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Ularning ikkisi ham poytaxtning Ulug‘bek shaharchasi, Xuroson ko‘chasidagi ko‘pqavatli 14a-uydagi xonadonlarda istiqomat qilishadi. Shuningdek, ular Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 54-maktab o‘quvchilaridir.

Voqelik 2020 yil 25 mart kuni soat 15:00lar chamasida Mirzo Ulug‘bek tumani Ulug‘bek shaharchasi hududida joylashgan 219-maktabgacha ta’lim muassasasi oldida yuz beradi. Zo‘ravon yigitchalar karantin qoidalariga rioya qilmagan holda himoya niqobisiz jamoat joyida bo‘la turib, voyaga yetmagan aqli zaif A.Shevchukni tiz cho‘ktirib, o‘zlariga «sig‘inishga» majbur qiladi va urib-tepishadi. (Lavhada zo‘ravonlar bemalol sigaret buriqsitayotganini ham ko‘rish mumkin). Kamiga bunday ayanchli manzarani uyali telefonda tasvirga olishib, ijtimoiy tarmoqda tarqatib yuborishadi.

Jabrlanuvchining yaqinlari voqelikdan ancha keyin, qachonki lavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng xabar topadi va darhol ichki ishlar organiga murojaat qiladi...

Zo‘ravonlarga salkam bir oydan keyin (2020 yil, 23 aprel) sud tartibida ko‘rilgan chora ko‘rilganining boisi shunda.
Sudda huquqbuzarlarning ota-onalari farzandlarining qilmishini tan olib, kechirim so‘ragan va yengillik berilishini so‘rashgan.

Mirzo Ulug‘bek tuman ma’muriy sudining (sudya M. Ergashev) qaroriga ko‘ra, har ikki huquqbuzar eng kam ish haqining besh barobari miqdorida ma’muriy jarimaga tortilgan.

Zo‘ravonlarga nisbatan tayinlangan jazo og‘ir yoki yengilligi haqida gapirmaymiz. Gap berilgan jazo ularning tarbiyasiga qanchalik ta’sir etishida! Voqelikka ko‘ra, har ikki huquqbuzar sodir etgan qilmish ularning tarbiyasi yaxshigina izdan chiqqanini ko‘rsatadi. Aqli zaif, o‘zni himoya qilishga ojiz bolani bunchalik tahqirlash, kamiga sigaret tutatganicha qilayotgan ishidan rohat olayotgani bu jo‘jaxo‘rozlarning oilasidagi muhit nechog‘li ekanidan ham dalolat berayotganday...

Demak, mutasaddilarning oldiga qo‘yiladigan savollar ko‘p.
Darvoqe, zo‘ravonlar ikkitamidi?

Lavhada ikki yigit «qahramonligi» aks etgan. Ularni tasvirga olgan kim? U, kim bo‘lmasin, voqelikni tasvirga olishi bilan zo‘ravonlarga sherik ekani anglashmaydimi?
Bu savolning javobi ichki ishlar organi xodimlariga tan.

P.S. Ayanchli manzara aks etgan lavhani berishni lozim topmadik. Shundog‘am u ijtimoiy tarmoqlarda aylanib yotibdi. E’tiboringizga havola etayotgan suratlarning o‘zi yetarlicha tasavvur hosil qilishga yetib ortadi...




Mavzuga oid yangiliklar
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 105
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar