“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 14:40
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 kishiga ko‘payib, 2349 nafarga yetdi

20 мая, 13:52 1 978 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 kishiga ko‘payib, 2349 nafarga yetdi O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning yana 11 nafari tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 2349 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 kishi, Namanganda viloyatida esa 5 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Qoraqalpog‘istonda tuzalib chiqqanlarning barchasi Rossiyadan kelgan va karantinga olingan erkaklardir. Ularda kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari Buxoro viloyatidan, 2 nafari Xorazm viloyatidan, 1 nafari esa Navoiy viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 21 yosh.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu paytga qadar 112 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 118 nafarga yetdi.

Namangan viloyatida tuzalib chiqqanlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot qilib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 1 nafari erkak, 4 nafari ayol. Sog‘ayganlarning barchasi Namangan viloyatidan (4 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari esa Namangan shahridan). Ular orasida yoshi kattasi 66, eng kichigi 14 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 214 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 219 nafarga yetdi.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlarning umumiy soni 2338 nafarga yetgani xabar berilgandi. Endilikda ular soni 2349 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning umumiy soni esa 20 may soat 10:00 da 25 kishiga ko‘payib, 2880 nafarga yetdi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 145
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 148
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 298
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 50
  • O‘zbekistonda 10 aprel kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi 09 apr, 12:13 63
  • Prezident bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 08 apr, 22:37 138
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 1
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 12
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 38
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 33
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 29
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 137
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 126
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 86
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 165
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 41
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 15
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 128
  • Bo‘limlar