“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:38
ЎЗO‘Z

Karantin qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘yganlar ko‘paydi

18 мая, 23:25 3 135 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Karantin qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘yganlar ko‘paydi Koronavirusning tarqalishini oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin choralarini yumshatish bo‘yicha qaror qabul qilingach, bir qator hamyurtlarimiz sanitariya-epidemiologiya qoidalariga umuman rioya qilmay qo‘ydilar, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, shahrimiz ko‘chalarida tibbiy niqob taqmagan yoki uni to‘g‘ri taqmasdan yurgan fuqarolarni uchratish mumkin.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB xodimlari va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati ishchilaridan eslatma berilgan:

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 54-moddasiga («Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish») binoan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Misol tariqasida o‘tgan shanba va yakshanba kunlari jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolar bo‘yicha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan:
16 may kuni Toshkentda jami 144, 17 may kuni esa – 104 kishi jamoat joylarida tibbiy niqobsiz yurishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 20
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 22
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 90
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 299
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar