“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 19:54
ЎЗO‘Z

«Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz». «Kyoln» stadioni o‘rindiqlari muxlislar liboslari bilan to‘ldirildi (foto)

18 мая, 14:26 2 097 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz». «Kyoln» stadioni o‘rindiqlari muxlislar liboslari bilan to‘ldirildi (foto) Germaniya Bundesligasi qayta boshlanib, katta futbol havosi ufurgan bo‘lsa ham, muxlislarsiz stadionlarni ko‘rish ko‘ngilni xijil qilmoqda. Shu sabab klublar sanitariya qoidalarini buzmagan holda o‘rindiqlarni turli yo‘llar bilan to‘ldirishga urinmoqda. Avvalroq Myunxengladbaxning «Borussiya» jamoasi bu borada o‘ziga xos yo‘l tutgandi.

«Kyoln» klubi ham bunga chiroyli yechim topdi. Klub ishqibozlardan o‘zlari uchun omadli hisoblangan futbolka, sharf, o‘yinchoqlar jo‘natishni so‘radi va ular orqali markaziy tribuna to‘ldirildi.

Futbolkalardan iborat mozaikaning ko‘p qismi klub tomonidan qilingani ko‘rinib turibdi. Biroq qolgan o‘rindiqlar aniq muxlislar libosi bilan to‘lgan: u yerda turli mavsum va hatto turli davrlarning futbolkalari bor.

Tribuna klub ijtimoiy tarmoqlarida shunday nomlandi: «Siz bu yerda emassiz, biroq biz bilansiz».


«Kyoln» klubining timsoli aylangan Hyonnes IX echkisi bu safar maydonga tushmadi. Hozircha hayvonlarni stadionlarga olib kirish taqiqlangan. Biroq uning yumshoq versiyasi tribunadan o‘rin oldi.


Muxlislar o‘z balkonlarida bir vaqtda to‘planib, klub madhiyasini birgalikda kuylashini tashkil qilish maqsadida «Kyoln» rasmiy saytida maxsus dastur ishga tushirildi.

«Mayns»ga qarshi kechgan bahsda «Kyoln» dastlab ikkita to‘p farqi bilan oldinga o‘tib oldi, biroq ikkinchi bo‘limdagi gollar evaziga mehmonlar muvoznatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi — 2:2.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 0
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 0
  • Abbosbek Fayzullayev RPLning 24-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi 15 apr, 20:05 117
  • Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati 15 apr, 19:13 358
  • Fayzullayev «Transfermarkt» nashrining ramziy terma jamoasidan joy oldi 15 apr, 18:08 140
  • Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish" 15 apr, 17:47 169
  • So'nggi yangiliklar
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 0
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 1
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 0
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 14
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 12
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 61
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 20
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 216
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 54
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 218
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 132
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 48
  • Bo‘limlar