“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 17:14
ЎЗO‘Z

Nikaragualik futbolchi: "O‘zbekistonga meni Hamidjon Aktamov emas Samvel Babayan taklif qilgan" (intervyu)

18 мая, 09:49 2 683 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nikaragualik futbolchi: "O‘zbekistonga meni Hamidjon Aktamov emas Samvel Babayan taklif qilgan" (intervyu) Bizning navbatdagi intervyumiz “Qizilqum” va “Lokomotiv” jamoalari sobiq futbolchisi, nikaragualik Ariagner Medina Smit bilan bo‘ldi.
Uning jiddiy savollarga, oddiy javoblari sizni ham befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.

- Medina hozirda qayerdasiz va karantin paytida nimalar bilan bandsiz?
- Avvalombor meni unutmaganingiz uchun rahmat aytaman. Ha hozirda hamma joyda karantin va pandemiya o‘z hukmini o‘tkazmoqda. Shunga qaramasdan men Latviyadaman. Bizda judayam qo‘rqinchli emas. Sekin-astalik bilan hammasi o‘z joyiga qaytmoqda.

- Demak hozir O‘zbekistonga kelishingizdan oldingi klubingiz “Spartak Yurmala”dasiz?
- Ha “Lokomotiv” jamoasidan ketganimdan so‘ng, sobiq jamoam yana taklif bilan chiqdi va men bu taklifni qabul qildim. Bilganingizdek hozirda ushbu jamoa bilan yangi mavsum uchun tayyorgarlik olib bormoqdaman.

- Latviyada jamoalarga mashg‘ulot o‘tkazish uchun ruxsat berildimi? Chempionat qachon start oladi?
- To‘g‘ri yuqorida aytganimizdek butun dunyoda koronavirus pandemiyasi avj olmoqda, lekin Latviyada futbol jamoalariga barcha sanitar qoidalariga amal qilgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazishga ruxsat berildi. Bunga bir hafta bo‘ldi. Barcha jamoalar alohida mashg‘ulotlar o‘tkazishmoqda. Chempionatga keladigan bo‘lsak, hali aniq bir kun belgilanmagan. Ammo shunga qaramay tez kunlarda chempionat start olsa kerak deb o‘ylayman.

- Keling suhbatimizni endi jiddiy savollar bilan davom ettirsak. Sizningcha o‘zbek futboli bilan Latviya futbolida nima farqlarni ko‘rdingiz?
- Bilasizmi men bu ikkala mamlakat futbolida hech qanday sezilarli farq ko‘rmadim. Latviyada men asosan tezligim va texnikam kuchliligi bilan ajralib turardim. O‘zbekistonda ham xuddi shunday bo‘ldi deyishim mumkin. Shu sababdan ham Latviyadan kelishim bilan bu yerga moslashishim qiyin bo‘lmadi. Faqatgina sizlarda har bir uchrashuvga professionalik bilan tayyorgarlik ko‘riladi. Boshqa men bu ikkala chempionatda farq ko‘rmadim.

- Bizning chempionatimizda sizning nazdingizda qanday tizimlarda kamchilik bordek...
- Aytib o‘tganimdek sizning chempionatingizda ko‘pam kamchilik ko‘rmadim. Faqatgina ozgina hakamlik borasida menimcha hali yana ozgina ishlar olib borilishi kerak. Hakamlar negadir ayrim uchrashuvlarda mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishmaydi. O‘yin tizginini qo‘ldan chiqarib yuboradi. Xullas mana shu mening fikrim.

- Siz superligada ikkita jamoada “Qizilqum” va “Lokomotiv” jamoalarida to‘p tepdingiz. Bu jamoalarning qay birida o‘zingizni erkin his qildingiz? Mana shu ikkala jamoaning qaysi biri siz uchun qadrli?
- Juda qiyin savol bo‘ldi. Men “Lokomotiv” jamoasini hurmat qilaman, ammo “Qizilqum”dagilar judayam ko‘ngli ochiq insonlar edi. Men “Qizilqum” jamoasi va uning muxlislariga judayam katta rahmat aytsam arziydi. Men xuddi ular bilan o‘zimning o‘yimda yashayotgandek his etdim. Albatta “Lokomotiv” jamoasiga ham rahmat aytaman. Ular meni ajoyib kutib olishdi. Qisqa qilib aytganda ikkala jamoani ham hurmat qilaman.

- Sizni O‘zbekistonga kim taklif qilgan? Mish-mishlarning yarmi Samvel Babayan desa, yarmi Hamidjon Aktamov demoqda...
- Yuqorida aytilganidek men bu yerga kelishimdan oldin “Spartak Yurmala” jamoasida edim. Ko‘pchilik biladimi yoki yo‘q, bu jamoada Samvel Babayan murabbiy bo‘lgan. O‘shanda meni harakatlarim Samvel Babayanga ma’qul kelgan ekan. Meni O‘zbekistonga taklif qildi. Takliflar ichida avvalo “Qizilqum” jamoasi meni o‘ziga jalb etdi. Shundan so‘ng birinchi Navoiyga keldim. Keyin esa Toshkentga...

- Sizningcha O‘zbekistonda eng professional va kuchli jamoa qaysi?
- Shubhasiz “Paxtakor”. Sababi jamoada kuchli murabbiy va salohiyatli futbolchilar to‘plangan. Qolaversa jamoada tashkiliy ishlarda ham o‘z ishining professionallari ishlasa kerak. Buni “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvlarda sezish qiyin bo‘lmagandi.

- O‘zbekistondan ketganingizdan keyin ham superligani kuzatdingizmi?
- Albatta men barcha jamoalarni, qolaversa o‘zim to‘p tepgan jamoalar o‘yinlarini iloji boricha ko‘zatib boryapman. Hozirda to‘xtab qolgan chempionat, startni yaxshi boshlagandi. Ammo meni ranjitgani “Qizilqum” jamoasining ketma ket mag‘lubiyatlari bo‘ldi. Quvonarlisi jamoa yanada kuchayish davriga o‘tganligi bo‘ldi. Xullas superligada, bu yil yana boshqa jamoani chempion bo‘lishini kutayapman. Buni esa vaqt ko‘rsatadi.

- Keling endi Superligadan yiroqlashgan holda savollarni taqdim qilamiz. Birinchi murabbiyingiz kim bo‘lgan?
- Men futbolning birinchi saboqlarini Xaver Londonadan o‘rganganman. To‘p tepishni, dribling va texnika, hammasini mana shu inson menga o‘rgatgan. Fursatdan foydalanib birinchi murabbiyimga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

- Jahon futbolida qaysi jamoaning o‘yinlarini kuzatib borasiz?
- Men Ispaniyaning “Barselona” jamoasining o‘yinlarini ko‘zatib boraman. Kataloniyaliklar ko‘rsatadigan o‘zgacha o‘yinlari faqatgina meni emas ko‘pchilikning olqishlariga sazovor bo‘lgan.

- Agarda futbolchi bo‘lmaganingizda qay soha vakili bo‘lishingiz mumkin edi?
- Menga agar mana shunday imkoniyat bo‘lganida, shifokor bo‘lgan bo‘lardim. Aslida o‘zimni futboldan boshqa sohada ko‘rolmayman. Lekin mana shu, shifokorlik yo‘nalishida balki o‘zimni sinab ko‘rishim mumkin bo‘larmidi... Yana ham bilmadim.

- Mavzudan tashqari savol. O‘zbekistonning sizga qanday hususiyatlari yoqdi?
- Menda sizlarning taomlaringiz iliq taassurot qoldirgan. Ular orasida oshni alohida ko‘rsatishim mumkin. Qolaversa mehmondo‘st xalq meni hayratlantira olgan. Menimcha bu darajada ochiq ko‘ngillik boshqa davlatlarda uchramasa kerak.

- Navoiy va Toshkent shaharlaridan qaysi biri sizning ko‘nglingizdan joy oldi?
- Ikkala shaharning ham men uchun qadri baland. Navoiy kichkina va tartibli shahar bo‘lsa, Toshkent katta va judayam go‘zal shahar ekan. Albatta ikkala shahar ham mening qalbimda muhrlanib qoladi.

- Agarda o‘zbek jamoalaridan yana takliflar bo‘lsa, xususan “Qizilqum” jamoasidan sizga qiziqish bildirsa qaytgan bo‘larmidingiz?
- Bilasizmi men bu mamlakatda hech qanday yomonlik ko‘rmadim. Nega qaytmasligim kerak? Agarda menga taklif bilan chiqsa va ikki tomon ham kelisha olsak albatta qaytaman. “Qizilqum” jamoasiga kelsak, yuqorida aytganimdek bu jamoa mening eng sevimli jamoamga aylangan. Agar menga aloqaga chiqishsa, men albatta bu jamoaga yordamga kelaman.

- Smit bu siz uchun bugungi oxirgi savolimiz edi. Qiziqarli suhbatingiz va savollarga tortinmasdan javob bergangiz uchun sizga rahmat!
- Barchangizga va barchasi uchun tashakkur aytaman. Men barcha o‘zbek xalqiga va butun dunyo aholisiga, hozirda o‘z hukmini o‘tkazayotgan koronavirusdan hech ham qo‘rqmasligini, aksincha barcha qonun-qoidalarga rioya qilib uyda o‘tirishlarini aytgan bo‘lardim. Muxlislarga keladigan bo‘lsak, mening qalbimdan alohida joy olgan “Qizilqum” jamoasi jonkuyarlariga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Doimo jamoasiga sodiq muxlis bo‘lgan bu ahil jamoaga doimo ta’zimdaman. Ularga sabr qilishlarini va qattiq sabri evaziga, yuqori saviyadagi va tomoshabop futbol uchrashuvlar ularni kutib turganligini ta’kidlab o‘taman. Qolaversa sizlarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Meni unutmaganingiz uchun rahmat!

Shohruh Meylixolov suhbatlashdi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 330
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 181
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 70
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 196
  • Abbosbek Fayzullayev Vetnamga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 22 apr, 23:35 352
  • Qasamlardan qaytildimi? Xavi yana bir yil "Barsa"da qolishi mumkin 22 apr, 20:00 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 0
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 0
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 25
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 44
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 42
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 53
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 31
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 330
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 43
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 24
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 36
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 26
  • Bo‘limlar