“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 02:21
ЎЗO‘Z

«Zita va Gita» filmi qahramonlarining taqdiri qanday kechdi?

17 мая, 23:43 10 495 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Zita va Gita» filmi qahramonlarining taqdiri qanday kechdi? «Zita va Gita» filmi 1976 yilda ekran yuzini ko‘rdi va butun dunyodagi hind filmlari ishqibozlarining mehrini qozondi. Kartinada bolaligida ajratilgan egizak opa-singillar Gita va Zita hayoti haqida hikoya qilinadi.

Dastlab Zita va Gita obrazini yaratish Bollivudning o‘sha vaqtdagi eng mashhur aktrisasi Mumtozga taklif qilingan. Biroq aktrisa kam gonorar tufayli filmda rol ijro etishni rad qilgan. Shundan so‘ng bu rol Xema Maliniga nasib qilgan.
Quyida mashhur film boshqa qahramonlarini gavdalantirgan aktrisa va aktyorlarning hayoti qanday kechgani haqida so‘z yuritiladi.

Xema Malini (Zita va Gita)

Foto: Getty Images
Xemaning aktrisalik karerasi 1965 yilda boshlangan. U o‘sha paytda 17 yoshda edi. U badavlat tamil oilasida dunyoga kelgan. Xemaning onasi kinoprodyuser edi. Aktrisa kichkinaligidan raqs bilan professional darajada shug‘ullangan.

Foto: Getty Images
Xema «Zita va Gita» filmida suratga tushayotgan paytda unashtirilgan edi. Biroq o‘zidan 13 yosh katta, oilali Dharmendra bilan tanishuv uning hayotini ostin-ustun qilib yubordi. Ekrandagi muhabbat hayotga ko‘chib, ular bir-birini sevib qoladi. Shundan so‘ng Dharmendra xotini bilan ajrashib, Xemaga uylangan. Ularning ikki qizi bor.

Hozir Xema Malini 71 yoshda. U prodyuserlik va rejissyorlik bilan shug‘ullanadi. Aktrisa, shuningdek, ma’lum muddat siyosiy faoliyat yuritgan. Uning Hema Malini creations kompaniyasi ham bor.

Dharmendra (Raka)

Foto: Getty Images
Dharmendra qattiqqo‘l, eskicha qarashlarga ega sikhlar oilasida dunyoga kelgan. U otasining taqiqi sabab yettinchi sinfgacha umuman kino ham ko‘rmagan. U aktyorlik faoliyatini «kinoga bo‘lgan cheksiz muhabbat» deb ataydi.

«Zita va Gita» filmida aktyor ko‘cha bolasi — Rakani gavdalantirgan.
U birinchi marta 19 yoshida Prakash Kaur ismli qizga uylangan. Ular to‘rt nafar farzand ko‘rgan. Biroq bu unga Xema Maliniga ko‘ngil qo‘yishiga to‘siq bo‘la olmadi.

Ularni yoshlar orasidagi katta farq va turli diniy yo‘nalishlarga mansubligi ham to‘xtata olmadi.
Xemaning ota-onasi bu nikohga qarshi edi, ular aktrisaning otasi vafotidan so‘ng turmush qurgan.

Foto: Getty Images
Hozir aktyor 84 yoshda. U 2000 yil boshida Hindiston parlamenti quyi palatasining milliy partiyasini boshqargan. Dharmendra Padma Bxushan davlat mukofoti sovrindori, muvaffaqiyatli aktyor, prodyuser va siyosatchi hisoblanadi.

Sanjiv Kumar (Ravi)

Foto: Getty Images
Filmda Ravi rolini ijro etgan aktyor Sanjiv Kumar bolaligidan aktyor bo‘lishni orzu qilgan. U dastlab Mumbaydagi xavaskorlar teatri, so‘ngra aktyorlik maktabini bitirgan. Uni «O‘yinchoq» filmi tomoshabinlarga tanitgan. «Zita va Gita» esa uni jahonga mashhur qildi.

Sanjiv Kumar Xema Maliniga oshiq bo‘lgan va film suratga olinishi boshlanishidan avval unga sovchi qo‘ygan edi. Xemaning ota-onasiga yigit manzur bo‘lgan, ular yoshlarning to‘ylariga rozilik bergan edi. Biroq «Zita va Gita» suratga olish jarayonlari vaziyatni butunlay o‘zgartirib yubordi. Xema o‘ziga umr yo‘ldosh sifatida Sanjivni emas, Dharmendrani tanladi.

Foto: Getty Images
Sanjiv umrining oxirigacha Xemani unuta olmadi. U ma’lum muddat aktrisa Sulakshana Pandit bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Bir kuni aktrisa undan o‘ziga uylanishni so‘ragan. Aktyor esa yig‘lab yuborgan va o‘rtalarida har doim boshqa ayol bo‘lishini aytgan.

Sanjiv Kumar 1985 yilda 47 yoshida infarktga chalinib, olamdan o‘tgan.
Zita va Gita, Bollivud, hind film




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 45
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 575
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 345
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 476
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 34
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 126
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar