“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 20:13
ЎЗO‘Z

Fuqarolik sudlarida qanday toifa ishlar vaqtincha ko‘rilmaydi?

17 мая, 22:15 3 141 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolik sudlarida qanday toifa ishlar vaqtincha ko‘rilmaydi? Hududlar «qizil», «sariq» va «yashil» toifaga ajratilishi natijasida karantin cheklovlari bosqichma-bosqich bekor qilinishi munosabati bilan shunga monand sudlar faoliyati tiklanayotgani xabari berilgandi.

Manbamizga ko‘ra, faoliyati tiklangan fuqarolik sudlarida (e’tibor bering, gap, faqat fuqarolik sudlari haqida bormoqda) ayrim toifadagi ishlar ko‘rilishi baribir vaqtincha to‘xtatilib turiladi. Xususan, uy-joydan ko‘chirish (yoki uy-joyga kiritib qo‘yish), merosga oid, nikohni bekor qilish, kredit karzdorlikni undirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligida foydalanadigan yerlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni (agar o‘sha nizoli uylarda odamlar yashayotgan bo‘lsa!) buzishga oid da’vo-arizalar noma’lum muddatgacha ko‘rib chiqilmaydi.

Fuqarolik nizolariga doir boshqa toifadagi ishlar esa sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilgan holda ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari birinchi instansiya sudlariga ishlarni (vaziyatdan kelib chiqib) asosan sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqish tavsiya etilgan.

Oliy sud matbuot xizmatiga ko‘ra, 2020 yilning o‘tgan to‘rt oyi mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 61 046 ta (2019 yil shu davrida 59 519 ta) fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, shundan 44 474 tasida da’vo talablari qanoatlantirilgan, 7 031 ta da’vo asossiz deb topilib rad qilingan, 2 775 ta ish taraflar yarashganligi, da’vogar da’vosidan voz kechganligi va boshqa qonunda ko‘rsatilgan holatlarga ko‘ra ish yuritishdan tugatilgan. Shuningdek, sudlar tomonidan nizosiz talablar bo‘yicha 19 211 ta (2019 yilda 27 123) sud buyruqlari chiqarilgan.

Viloyat sudlarining apellyatsiya instansiyasi tomonidan 1 405 ta, kassatsiya instansiyasi tomonidan 1 678 ta fuqarolik ishlari ko‘rilib, qonuniy qarorlar qabul qilingan.

Bundan tashqari Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan joriy yilning 1 yanvaridan 1 mayga qadar jami 4 688 ta ariza va shikoyatlar o‘rganib chiqilgani aytiladi. Shundan 1 740 ta murojaat yuzasidan ariza muallifiga tegishli tushuntirish berilib, taalluqliligi bo‘yicha yuborildi. O‘rganilgan shikoyatlarning 2 948 tasi (yoki 62,9 foizi) nazorat tartibidagi shikoyatlarni tashkil etib, shundan 725 tasi (yoki 24,6 foizi) fuqarolik ishi bilan o‘rganib chiqilgan. Qolgan 2 223 ta (yoki 75,4 foizi) shikoyat bo‘yicha sud qarorlari qonuniy deb topilgan.

O‘rganib chiqilgan 725 ta shikoyatning 375 tasi (yoki 51,7 foizi) sudlov hay’atida ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi, 345 tasi (yoki 47,6 foizi) bo‘yicha esa sud qarorlari qonuniy deb topilganligi bois rad qilingan.

Sudlov hay’atiga o‘tkazilgan ishlarning 240 tasi (yoki 33,1 foizi) ko‘rib chiqilib, shundan 179 tasi (yoki 74,6 foizi) bo‘yicha yakuniy xulosaga kelish haqida qarorlar qabul qilindi, qolgan 135 ta (yoki 18,6 foizi) shikoyat esa fuqarolik ishi bilan sudlov hay’atida ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nizolarning oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida «Meros masalasida 50 ta savolga 50 ta javob», «Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti» nomli qo‘llanmalar tayyorlandi, deyiladi Oliy sud matbuot xizmati axborotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 184
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 132
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 61
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 1
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 8
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 11
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 18
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 72
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 46
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 40
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 123
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 128
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 134
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 67
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 143
  • Bo‘limlar