“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 11:04
ЎЗO‘Z

Butun dunyo bo‘ylab 17 may tongiga qadar koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi

17 мая, 15:52 4 950 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Butun dunyo bo‘ylab 17 may tongiga qadar koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 17 may Toshkent vaqi bilan soat 10:30 holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,6 million kishidan oshib ketdi. Pandemiya dunyoning 188 davlatida qayd etilgan. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 635 830 kishini tashkil etmoqda. O‘tgan bir sutka ichida 90,3 ming kishida COVID-19 aniqlangan. Butun pandemiya davrida 311 mingdan ortiq bemor virus qurboniga aylangan, 1,69 milliondan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlar — AQSH (1,46 million kasal) va Rossiya (272 ming). Reytingning uchinchi pog‘onasidan 241,4 ming ko‘rsatkich bilan Buyuk Britaniya joy olgan, undan keyingi o‘rinlarni esa Braziliya (233,5 ming) va Ispaniya (230,6 ming) egallab turibdi.

Dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSH yetakchilik qilmoqda — 88 754. Shu bilan birga, Yevropa davlatlarida antireytingning yetakchilarida kuzatilayotgan o‘lim darajasi 10 foizga ortiqroq.

Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida 9,2 ming kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatda hozirga qadar 63 166 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 2537 bemor virus qurboniga aylangan. Butun mamlakat bo‘ylab pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga 6,6 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda 17 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2741 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirusdan tuzalganlarning soni esa 2213 nafarga yetgan, 11 nafar bemor esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 0
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 62
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 82
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 111
  • Bo‘limlar