“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 21:49
ЎЗO‘Z

Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotuvga chiqarildi

16 мая, 21:03 2 335 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotuvga chiqarildi Gonkongda ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’miga ega muzqaymoq sotila boshlandi. Uning asosini politsiya 2019 yilgi norozilik namoyishini tarqatib yuborishda ishlatgan qora qalampir ziravorlari tashkil etadi, deb xabar beradi Associated Press.

«Uning ta’mi xuddi ko‘zni yoshlantiruvchi gaz kabi. Birinchi qoshiqdan so‘ng nafas olish qiyinlashadi. U rostan ham juda achchiq. Odamning tezda suv ichgisi keladi. Bu men his qilgan og‘riqlarni yodga soladi», — deydi norozilik namoyishi ishtirokchisi Anita Vong.

Muzqaymoq do‘konining egasi Gonkongda o‘tkazilgan namoyishlarni qo‘llab-quvvatlashini tan olgan.

«Biz odamlarga norozilik namoyishida ishtirok etaverish kerakligini yodga soluvchi va jo‘shqinlikni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaydigan ta’mni yaratishni istadik», — deydi Vong.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ta’mini yaratish uchun ko‘plab masalliqlarni tatib ko‘rishga to‘g‘ri kelgan, masalan, vasabi va xantal, biroq eng ma’quli qora qalampir bo‘lgan.

Gonkong hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, norozilik namoyishi vaqtida 16 mingdan ortiq ko‘zni yoshlantiruvchi o‘qlar otilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning avgust-sentyabr oylarida ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun sabab Gonkongda norozilik namoyishlari o‘tkazilgan edi. Ushbu qonun Xitoydan Gonkongga qochgan dissidentlarga qarshi qaratilgan. Keyinroq Gonkong ma’muriyati rahbariyati ushbu qonun loyihasini qaytarib olgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 1
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 0
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 62
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 87
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 79
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 1
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 0
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 1
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 5
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 48
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 61
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 86
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 44
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 78
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 50
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 113
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 34
  • Bo‘limlar