“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 11 2024, 03:25
ЎЗO‘Z

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot

16 мая, 19:27 4 970 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oluvchi 10 ta mahsulot Xolesterinning ko‘payishi salomatlikka, xususan, yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin. Organizmda xolesterin miqdori biz amal qiladigan hayot tarzi va iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan bog‘liq. Cosmopolitan nashri xolesterinni kamaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar ro‘yxatini taqdim qildi.

Zaytun moyi

Milliy taomlari zaytun moyi qo‘shib tayyorlanadigan mamlakatlarda yurak kasalligi bilan vafot etganlar soni kamchilikni tashkil qiladi. Zaytun moyi qondagi «yomon» (past zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq) xolesterinni kamaytirib, «yaxshi» (yuqori zichlikdagi lipoprotein bilan bog‘liq) xolesterinni ko‘paytiradi, ya’ni qon tomirlari devorlarida blyashka (zararlangan qon tomirlardagi xolesterin birikmasi) paydo bo‘lishining oldini oladi.

Avokado

Avokado omega-3 yog‘ kislotasi, kaliy va lyuteinga boy hisoblanadi. Ushbu mahsulotni bir oy davomida iste’mol qilish natijasida qondagi past zichlikdagi lipoprotein sezilarli darajada kamayadi.

Losos go‘shti

Losos tarkibida xolesterin miqdorini me’yorlashtiruvchi va qon tomirlarda tromb paydo bo‘lishini oldini oluvchi katta miqdordagi omega-3 yog‘ kislotalari mavjud

Piyoz

Ayniqsa, qizil piyoz xolesteringa qarshi samarali vosita hisoblanadi. U qon tomirlarni blyashkalardan tozalaydi. Bir kunda yarimta piyoz yeyish qondagi «yaxshi» xolesterin 30 foizga ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Loviya

Klechatkali mahsulotlar xolesterin so‘rilishini tezlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan yurak-qon tomir salomatligi uchun ahamiyatli hisoblanadi. Donli mahsulotlar klechatkaning asosiy manbayi hisoblanadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bir porsiya (taxminan 120 gr) loviya zararli xolesterinni 8 foizga kamaytiradi.

Suli yormasi

Suli yormasi yana bir klechatkaga boy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tongni suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa bilan qarshi oladiganlar organizmidagi xolesterin miqdori nazorat ostida bo‘ladi.

Kurkuma (zarchava)

Kurkuma aterosklerozning oldini oluvchi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning iste’moli jigardagi «yomon» xolesterinni parchalaydigan retseptorlar miqdorini ko‘paytiradi.

Soya

Soya oqsili ham «yomon» xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligi bilan ahamiyatli. Uni hayvon yog‘i o‘rniga iste’mol qilish qondagi xolesterin miqdorini 20% ga kamaytiradi. Bundan tashqari, soya jigarni ortiqcha safrodan tozalashi, mukammal antioksidantligi bilan ham o‘ziga xosdir.

Bodom

Bodom yurak uchun foydali va organizmni energiya bilan ta’minlovchi mahsulot hisoblanadi. Bodomni har kuni oz-ozdan iste’mol qilish mumkin.

Qora shokolad

Qora shokolad yurak-qon tomirlarida uchraydigan kasalliklarda ijobiy profilaktika sanaladi. Bundan tashqari, shokolad kayfiyatni ko‘tarib, miya faoliyatini yaxshilaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qarish jarayonini tezlashtirib yuboradigan 5 ta mahsulot 09 мая, 22:30 230
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 463
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 128
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 299
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 182
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi” 11 мая, 00:11 16
  • Kuala-Lumpur shahrida terma jamoalar murabbiylari uchun konferensiya o‘tkazildi 10 мая, 23:47 21
  • Xarkiv oblasti chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. Bu haqda nimalar ma’lum? 10 мая, 23:23 116
  • Afg‘onistonda uch million bola to‘yib ovqatlanmaydi 10 мая, 23:00 25
  • Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan" 10 мая, 22:36 36
  • AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi 10 мая, 22:36 200
  • Inson huquqlari bo‘yicha Malayziya komissiyasi komissari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan forum haqida nimalar dedi? 10 мая, 22:14 37
  • Belarus ayollar ittifoqi raisi: Belarus va O‘zbekiston ayollari o‘rtasida azaldan do‘stona munosabatlar mavjud 10 мая, 21:47 39
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 100
  • Islandiyada atmosferadagi ifloslanishni tozalaydigan yirik zavod ish boshladi 10 мая, 21:00 54
  • Vatandoshlaridan yordamini ayamaydigan Bollivud yulduzlari 10 мая, 20:33 67
  • Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot 10 мая, 20:09 155
  • Bo‘limlar