Bugun Rossiya futbol ittifoqi ijro qo‘mitasining videokonferensiya shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidagi asosiy masal Rossiya futbolidagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat.
Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanajak yig‘ilishda 22-turda to‘xtab qolgan Rossiya Premer-ligasining davom ettirilishi borasida qaror qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu chempionatda o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ("Rostov") va Oston O‘runov ("Ufa") faoliyat olib boradi.